Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Tojikiston poytaxti Duşanbega 10-11 yanvar kunlari amaliy taşrif bilan keladi. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Özbekiston boş vazirining Duşanbega taşrifi çoğida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va respublika boş vaziri Qohir Rasulzoda bilan uçraşuv ötkazilişi kutilmoqda.

Abdulla Aripovning Tojikiston rasmiylari bilan uçraşuvlari va muzokaralari çoğida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega bahor oylari boşida kutilayotgan rasmiy taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilinadi.

Bundan taşqari, Aripovning Duşanbega taşrifi çoğida tomonlar Tojikiston va Özbekiston örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, ikki davlat çegarasidagi bahsli qismlarning demarkatsiyasi va delimitatsiyasini tezlaştiriş böyiça masalalarni muhokama qiladi.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi çoğida viloyat faollari bilan uçraşuvda uşbu taşrif haqida ham aytib ötgandi. 

“Abdulla Ne'matoviç Tojikistonga borib, rasmiy taşrifga tayyorgarlik körib keladi. Biz katta-katta şartnomalarga qöl qöyib, Tojikiston bilan temir yöl ham oçiladi, elektr energiyasini uzatişni oçişga ham kelişdik. Qöşni bilan qanday yaşagan bölsa, şunday yaşaş kerak. Hamma ötadi bu dunyodan, lekin qöşni bilan yaxşi bölmaganni heç kim, heç qaçon keçirmaydi. Şuni hamma bilişi kerak. Bu oson emas – 20 yillik muzni eritiş kerak. Dunyo hamjamiyati bizga nima deydi: sen oldin qöşning bilan til topişgin, keyin biz sen bilan döst bölamiz. Sen qöşning bilan til topişmasang, sen qanday biz bilan döst bölişing mumkin, deydi”, - deya aytib ötdi davlat rahbari.