Yamaykalik yengil atletikaçi, olimpiadaning sakkiz karra va 11 karra jahon çempioni Useyn Bolt azaliy orzusi — «Mançester Yunayted» futbolçisi böliş borasida hali umidlari sönmaganini aytib ötdi. Sportçi «MYu»ning sobiq boş murabbiyi ma'lum bir şaroitlarda unga yordam qölini çözişi mumkinligini aytib ötdi, deb yozadi championat.com.
«Jarohatlarimdan töliq foriğ bölib, formamni tiklab oldim. Mart oyida Dortmundning «Borussiya» klubiga körikka boraman, şundan söng keyingi kareram qanday bölişi hal böladi. Agar ular mening öyinimdan qoniqişsa, men futbol kareramni boşlayman. Aslida köp asabiylaşmayman, lekin hozir gap futbol haqida bormoqda. Menga moslaşiş uçun ma'lum bir vaqt zarur böladi, lekin men albatta könikaman. Yengil atletika bilan şuğullana boşlaganimda ham ana şunday qiyin bölgan. Avval asabiylaşib, keyin könikib ketganman.
Mening eng katta orzularimdan biri — «Mançester Yunayted» bilan şartnoma imzolaş. Agar «Borussiya»dagilar meni futbol öynaş uçun yaroqli, deb topişsa, sidqidildan şuğullana boşlayman. Aleks Fergyuson bilan şu mavzuda suhbatlaşdik va undan «MYu»da men haqimda gap oçişni iltimos qildim. U agar men formada va tayyor bölsam, nimadir qiliş mumkinligini aytdi», — deya Boltning sözlarini keltirmoqda Daily Express.












