Sud zalining qora kursisida hayot ostonasiga endi qadam qöygan yoşlar ötirganini körgan kişilarning dili oğriydi, qalbini afsus va açiniş hisi qamrab oladi. Afsuski, keyingi paytda voyaga yetmaganlar tomonidan turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilişi tez-tez kuzatilmoqda. Bu holat, öz navbatida, ularning jinoiy javobgarlikka tortilişiga sabab bölayotir, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Poytaxtning Şayxontohur tumanida yaşaydigan O‘.Qodirbekning sudlanuvçi nomini olişiga uning oilada erka ösgani, ota-onasining nazoratidan çetda qolgani sabab bölgan. Köça-köyda bemaqsad, besamar yurişga, köngliga kelgan işni qilişga odatlangan Qodirbek Bobur köçasidagi boğda ikki-uç tengdoşi bilan valaqlaşib ötirganida röparadan K.Ravşan kelayotganini körib, undan sigaret söraydi. Yigitça çekmasligini aytganida bu javob unga yoqmay janjal çiqaradi va muştlaşa boşlaydi. Ravşanning böş kelmayotganidan aççiği çiqqan Qodirbek yonidan piçoq çiqarib, uning bir-ikki joyiga sançib oladi. Oğir tan jarohati olgan Ravşan tezda şifoxonaga olib boriladi. Xayriyatki, şifokorlarning sa'y-harakati tufayli uning hayoti saqlab qolinadi.
Voyaga yetmaganlar örtasida internet tarmoğidan ğarazli maqsadlarda foydalaniş holatlari köpayib borayotgani ham taşvişlanarli, albatta. Mirobod tumanida yaşovçi K.Dilnoza firibgarlikning antiqa usulini özlaştirib oladi. Voyaga yetmagan bu qiz internet saytida öz sahifasini oçib, Aziza ismli tengquri va uning onasi suratini joylaştiradi va tagiga uyatsiz sözlar yozib qöyadi. Keyin buni öşa qizga körsatib, agar ming dollar bersa u rasmni internetda öçirib berişini aytadi. Aziza unga işonib, aytilgan pulni unga beradi. Ammo Dilnoza bu bilan qanoat qilmay, yana pul talab qila boşlaydi. Aziza onasining tilla taqinçoqlarini olib keladi. Qarangki, Dilnoza internetdagi suratni Azizani yaxşi körgan yigitga körsataman deb pöpisa qilib, yana pul söraydi. Xullas, voqeadan xabar topgan qizning onasi içki işlar organiga murojaat qiladi. Dilnoza Azizadan pul olayotgan paytda qölga tuşadi.
Ma'lumki, har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatning oqibatlari bilan kuraşiş emas, balki ularning oldini oliş maqsadga muvofiq. Şu ma'noda aytiş mumkinki, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş, ularga nisbatan turli majburlov hamda jazo çoralarini tayinlaşda ularni jazolaş emas, balki tarbiyalaş muhimdir. Zero, bu voyaga yetmagan va yoşlarning takroran jinoyat sodir etişining oldini olişga xizmat qiladi.











