AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens 19 yanvarda Yaqin Şarq davlatlari böyiça turnega otlanadi. U safari davomida Misr, Iordaniya va Isroilga taşrif buyuradi. Bu haqda 8 yanvarda Oq uy ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Pens 20 yanvarda Misrda prezident Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uçraşadi, 21 yanvarda Iordaniyaga jönaydi va u yerda qirol Abdulloh II bilan muzokaralar ötkazadi. Söngra Pens 22-23 yanvar kunlari Isroilda böladi. U bu yerda mamlakat prezidenti Reuven Rivlin va boş vazir Binyamin Netanyaxu bilan uçraşadi. Pens, şuningdek, Knessetda nutq sözlaşi va Al-Qudsdagi Yiği devoriga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.
Pens taşrif buyuradigan davlatlar rahbarlari bilan “terrorçilikka qarşi kuraş va tahqirlaşga uçrovçi diniy kamçiliklarni qöllab-quvvatlaş masalalarini” muhokama qiladi. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.

















