Ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida #doppikiyamiz harakati qizğin tus olmoqda. Gap şundaki, dunyoning turli davlatlarida istiqomat qilayotgan özbekistonliklar hamda Özbekistonda istiqomat qiluvçi ijtimoiy tarmoq faollari milliy boş kiyim bilan suratga tuşib, fleşmobga özgaça kayfiyat bağişlamoqda.

Barçasi BBC Özbek xizmati'da faoliyat olib boruvçi özbekistonlik jurnalist Rustam Qobilning Facebook'dagi postidan keyin boşlandi. Jurnalist bunday 17 yil avval yöqotib qöygan suratni bexosdan topib oladi hamda unda tasvirlangan uyğur döppilari töplamini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Surat izohiga esa quyidagiça yozilgandi: «Döppi kiymay qöydi odamlar, kaminayi kamtardan boşqa...»

Foto: Rustam Qobil

Aslida ma'naviyat va milliy qadriyatlar haqida bot-bot gapirilaverib siyqasi çiqqaniga qaramay, ijtimoiy tarmoqdagi oddiy çaqiruv barçani birdek faollaştirdi. Dastlab, jurnalistning döstlari, ijod ahli hamda faol bloggerlar döppida tuşgan suratini e'lon qildi. Ular orasida Ziyouz.uz portali asosçisi Davronbek Tojaliyev, özbekistonlik Harvard talabasi Nilufar Köçimova, Migrant.mobi axborot portali rahbari, yurist Botirjon Şermatov, hattoki fazogir Solijon Şaripov ham bor.

Davronbek Tojaliyev
Nilufar Köçimova
Botirjon Şermatov
Solijon Şaripov

Öylab topilgan qahramonlardan biri, Rais buva ham fleşmobdan çetda qolmasligini yumor orqali ifodalab turibdi.