2021 yil 20 dekabr kuni Toşkent yoşlar forumida iştirok etgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.
— Döppi masalasida jamoatçilik tomonidan e’tirozli fikrlar ham bildirildi. Bunga qanday qaraysiz?
— Bu masalada şu darajada pastga tuşgim kelmayapti. Bu yerda haqligimni million foiz bilaman. Şu millatning vakili sifatida hammamiz döppi kiyaylik deyişga haqqim bor. Bu zörlaş yoki majburlaş emas. Men şunçaki hammaga eslatdim. Köçada yoşlar çeçenlarning döppisini kiyib yuribdi, ularga heç kim indamayapti-ku, men döppi kiymoqçi bölsalaring, bu bizdayam bor, öz ota-bobolarimizning boş kiyimini kiyinglar degan ma’noda aytgandim.
Uyingga borib kiy, ertaga çopon kiydirib, belboğ ham taqtirasizlar qabilidagi gaplar böldi. Biz zöravonlik yoki majburiy tartibda hamma şunday qilsin demayapmiz. Men bitta qadriyatimizni tarğib qildim. Agar bunday qilişga haqqim bölmasa, aytinglar.
— «Mendirman Jaloliddin» filmi böyiça kinotomoşabinlar tomonidan bildirilgan tanqidy fikrlarga qanday qaraysiz?
— Filmni suratga oliş boşlanganda pandemiya boşlanib qoldi va bu bizning oyoğimizga bolta urdi, deyiş mumkin. Suratga oliş jarayoni butun Istanbulda hamma joy yopilib, harakatlar töxtagan paytga töğri kelib qoldi. Imkoniyatlarimiz çeklanib, xarajatlarimiz oşib ketdi, umuman kutilmagan muammolarga duç keldik. Böldi, kinoni suratga oliş qölimizdan kelmas ekan degan holatgaça bordik.
Hammamiz kuzatdik, katta-katta zavodlar iş faoliyatini töxtatdi, yirik proyektlar töxtab qoldi. Şu jarayondan çiqib ketganimiz ham kiçkina gap emas.
— Madaniyat markazlari qurilişi haqida gapirdingiz, ammo buni sezmayapmiz. Qişloq aholisi hamon teatrga tuşa olmaydi. Bu muammo sizni qançalik öylantiradi?
— Maxsus köçma avtoklublar taşkil qilyapmiz. Andijonda, Xorazmda, Navoiyda şu işlarni yölga qöydik. Pandemiya boşlanganidan keyin Madaniyat vazirligining budjetidan ham mablağ kesildi, reja qilingan pullar boşqa tomonga yönaltirildi. Respublikaning yillik budjeti tasdiqlanganidan keyin bu masalalar örtaga çiqdi. Şu sabab atigi uçta hududda avtoklublar taşkil qila oldik, xolos. Yangi loyiha böyiça har bir viloyatda bu işlar amalga oşiriladi. Birinçi navbatda uzoq, çekka hududlarda şu işlarni yölga qöyamiz.
Yana bir rejamiz bor, töğridan töğri sahnaga aylanadigan furalar taşkil qiliş. Ularni olis hududlardagi qir-adirlarga olib borib, yuqori darajadagi konsertlar qiliş mumkin.
















