Avtomobillarning xavfsizlik yostiqçasi allaqaçon sizu bizning hayotimizning bir bölagiga aylanib ulgurgan, lekin insonlar uçun xavfsizlik yostiqçasi — çindan ham yangilik. Las Vegas (AQŞ)da öz eşiklarini taşrif buyuruvçilarga oçgan har yili ötkaziladigan an'anaviy CES 2018 körgazmasida Fransiyaning Helite kompaniyasi özining yangi işlanmasi — xuddi avtomobillarga örnatiladigani singari xavfsizlik yostiqçasiga ega kamarni namoyiş etdi, deb yozadi Hi-News.
Helite uzoq yillardan beri turli şakl va maqsadlar uçun: kiçikroq samolyotlar uçuvçilari, mototsiklçilar hattoki çavandozlar uçun xavfsizlik yostiqçalari işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Bu yil ular xavfli hobbi va sportning ekstremal turlari bilan şuğullanişni sevuvçilar uçun xavfsizlik yostiqçalarining yangi avlodini anons qilişgan edi. Yangilikka Hip’ Air deb nom berildi, uning vazni 1 kilogramm, taşqi körinişidan oddiy kamarni eslatadi, biroq u insonning yiqilişiga darhol reaksiya körsatib, beli atrofida şişiriladigan xavfsizlik yostiqçasi hosil qiladi.
Örtaça olganda, insonning keskin yiqilişi ham 400 millisekund vaqtni talab qiladi. Hip’ Air’da örnatilgan yuqori aniqlikdagi giroskoplar va akselerometrlar 200 millisekunddan söng yiqilişni qayd etiş imkonini beradi, xavfsizlik yostiqçalarining havo bilan töldirilişi yana 80 millisekund vaqtni oladi. Şu qisqa vaqt sportning ekstremal turlari bilan şuğullanuvçi insonlarda bel va umurqtaning jiddiy talofatga uçramasligini ta'minlaş uçun yetarli. Boş esa, tabiiyki, xavfsizlik şlemi va boşqa qurilmalar bilan himoyalangani ma'qulroq.
Qurilma Yevropa hududida şu yilning martidan boşlab savdoga çiqariladi, AQŞda esa keyinroq — sentabrdan sotila boşlaydi. Xavfsizlik yostiqçasining narxi biroz çaqib oladi — 790 dollar. Foydalanganidan söng uni yana zaryadlaşni istasangiz yana har safar 50 dollar sarflaşga töğri keladi. Qimmat deysizmi? Albatta qimmat, lekin salomatlik bunda ham qimmatroq-ku?

















