CES-2018 iste'molçilik elektronikasi körgazmasida Hyundai avtomobil brendining vodorod yoqilği unsurlarida işlovçi yangi krossoverining ommaviy taqdimoti bölib ötadi.
Şu sababli kompaniya yangi krossoverining rasmiy suratlarini va videosini namoyiş qildi. Taxmin qilingandek, vodorodda işlovçi krossover 2017 yil yozda Seulda taqdim qilingan Hyundai Next Generation FCEV modelining özidir.
Hyundai Next Generation FCEV modeli vodorod uçun 3 ta ballon va oraliq akkumulyator bilan jihozlangandi. Maşinaning quvvati 163 ot kuçini, yuriş zaxirasi esa 580 km.ni taşkil qiladi.

Ma'lum qilinişiça, ommaviy tarzda işlab çiqariluvçi yangi krossover Advanced Driver Assistance System deb nomlangan, haydovçiga yordam beriş tizimi bilan jihozlanadi. Tizim haqida batafsil ma'lumotlar CES-2018 körgazmasida ma'lum qilinadi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, krossover Yevropa, AQŞ va Janubiy Koreyada sotuvga çiqariladi.
CES-2018 körgazmasi 9-12 yanvar kunlari AQŞning Las-Vegas şahrida bölib ötadi.

















