CES 2018 körgazmasida LG Electronics kompaniyasi iste'molçilarning talablarini oldindan bilişi va taomni pişiriş vaqtini kamaytirişi mumkin bölgan kelajakdagi aqlli oşxona haqida öz ğoyasini taqdim etdi. LGElectronics kundalik taom tayyorlaş jarayonini osonlaştiradigan ovozli boşqariş funksiyasini taklif qilmoqda. InstaViewThinQ (SM) muzlatgiçi, EasyClean® peçi va QuadWash (SM) idiş-tovoq yuviş maşinasi kabi mahsulotlarga ega bölgan LG aqlli oşxonasi pişiriş jarayoni samaradorligi va osonligini maksimallaştirib, sizga qimmatbaho bölgan böş vaqtni köproq berişga qodir.

LG InstaViewThinQ muzlatgiçi - maksimal qulaylik va samaradorlik ilğor sovutiş texnologiyasining kulminatsion nuqtasi. 29 dyuymli LCD-displeyga ikki marta taqillatib, uni şaffof oynaga aylantirasiz. Bundan taşqari, aqlli muzlatgiç «Bizda bugun tuşlikka nima?» abadiy savoliga javob berib, mavjud bölgan mahsulotlardan kelib çiqqan holda sizga mazali taomlar retseptlarini aytib beradi. Tayyorlaniş usuli tanlangandan söng, muzlatgiç avtomatik ravişda umumiy tarmoqqa ulangan peçga ma'lumotni Alexa ovozli yordamçidan foydalangan holda yuboradi, u haqda boş oşpazga jarayonning har bir bosqiçida hamrohlik qilib, ortiqça maşmaşasiz ovqat pişirişga imkoniyat yaratadi. Şuningdek, ovqat pişiriş va iste'mol qilişdan yanada zavq oliş uçun AmazonMusic, iHeartRadio va boşqa strimingli musiqa servislaridagi sevimli qöşiqlarni InstaViewThinQ orqali töğridan-töğri tinglaş mumkin.

Şu bilan birga, InstaViewThinQ muzlatgiçi LG webOS operatsion tizimi va Alexa ovozlarni farqlaş yordamçi texnologiyasiga asoslangan, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalaniş imkonini beradi. SmartTag funksiyasi aqlli muzlatgiçga joylaştirilgan oziq-ovqat mahsulotlari stikerlari, yorliqlari va işlatiş muddatlarini qöşiş imkonini berib, muddati ötgan mahsulot haqida xabar beradi. Dökonga mahsulotlar uçun taşrif buyurgan foydalanuvçilar InstaViewThinQ içidagi PanoramaView keng burçakdagi kamerasini işlatib, muzlatgiç içida nima borligini smartfonlar orqali tekşirişlari mumkin.

Innit va SideChef kabi kompaniyalar bilan hamkorlik tufayli, Wi-Fi’ni qöllab-quvvatlovçi LG sun'iy idrokiga ega qurilmalar foydalanuvçilarga kengroq xizmatlarni taklif qilişi mumkin. Tegişli ilovaga ulangan LG Easy Clean peçi retseptlar haqida ma'lumotni osongina olişi va ma'lum bir vaqtda ma'lum bir harorat bilan oldindan qizdirilişni boşlaşi mumkin. Tozalaş funksiyasi peçning yaxşilangan gidrofilli emal qoplamasi tufayli soddalaştirilgan, xabarnoma avtomatik ravişda egasining smartfoniga yuboriladi. Peçni işlatiş paytida qopqoq va lampoçka avtomatik ravişda yoqiladi.

Tozalaş jarayonini boşqariş uçun LGEasyClean peçi tegişli ma'lumotni ulangan QuadWash idiş-tovoq yuviş maşinasiga yuboradi, u esa öz navbatida pişirilgan taom asosida optimal yuviş jarayonini örnatadi. Misol uçun, aqlli idiş-tovoq yuviş maşinasi yengil sabzavotli taom uçun emas, balki yoğli ovqat uçun köproq issiq suv işlatiladigan uzoq jarayonni tanlaydi. QuadWash (SM) texnologiyasi törtta köp harakatli purkagiçdan taşkil topgan bölib, barça şakl va ölçamlardagi narsalarni tez hamda batafsil tozalaşni ta'minlaydi. EasyClean peçkasi va QuadWash idiş yuviş maşinasini ham ovozli buyruqlar, şuningdek LG CLOiHubBot robotining uy modeli yordamida ham nazorat qilinişi mumkin.