Virtual reallik har bir köz uçun yuqori kadrlar çastotasiga ega, alohida ikkita tasvirni uzatişi kerakligi sababli kompyuter temir-tersaklariga talablari juda yuqori. Aynan şuning uçun VR Ready kompyuter tanlanganida uning ölçamlari mö'jaz bölişi haqida gap-söz bölişi mumkin emas. Biroq Intel kompaniyasi çaqiriqlarga javob berib, masalani öziça hal qilişga kirişdi hamda CES 2018 körgazmasida VR-kontentni ijro etiş uçun eng mö'jaz kompyuterni taqdim etdi, deb yozadi hi-news.ru.

Intel’ning VR Ready kompyuterlarining ikki yangi modeli  NUC8i7HVK va NUC8i7HNK (NUC – Next Unit Computing qisqartmasi) deb atalgan. Uning asosida 8 avlodga mansub i7 protsessorlari bor, ölçamlariga köra esa inson kaftiça joy oladi.

Foto Intel

Kompyuter korpuslari Thunderbolt USB-C, gigabitlik Ethernet-port, Mini DisplayPort, USB 3.1, HDMI portlari, şuningdek karnaylar va mikrofon uçun 3,5-millimetrli tuynukka ega. Intel vakillarining fikriça, katta model bir vaqtning özida oltita displeyga tasvir uzata oladi. Kompaniya hozirça kompakt kompyuterlarining narxini oşkor etmayapti, uning narxi ham, erkin savdoga çiqariliş sanasi ham yaqin oylar içida oşkor etilsa kerak.