Intel kompaniyasi yarim asrdan oşadigan tarixidagi eng yirik inqirozni boşdan ötkazmoqda. Oxirgi bir yilning özida uning aksiyalari taxminan ikki barobarga arzonlaşdi, deb yozadi The Wall Street Journal. Hozirda kompaniyaning bozor qiymati 90 milliard dollarga baholanmoqda, 2020 yilda esa 290 milliard dollardan ortiqqa baholangan edi.

Avgust oyida 2024 yil oxiriga qadar Intel 15 ming nafar xodimini (umumiy ştatning 13 foizi) qisqartirişni va dividendlar tölovini töxtatişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgandi. Bu 2021 yilda boş direktor lavozimiga ötirgan Pet Gelsingerning xarajatlarni qisqartiriş borasidagi kampaniyasining bir qismidir. Ammo hozirda u kutilgan natijalarni berganiça yöq.

The Economist’ning qayd etişiça, inqirozga Intel oxirgi 20 yilda bozordagi dolzarb trendlarga e’tibor qaratmagani yoki ularning ortidan yetib olişga ulgurmagani sabab bölgan. Masalan, 2000 yillarda kompaniya kompyuterlar uçun çiplarni işlab çiqarişda yetakçi bölgan, biroq mobil qurilmalar potensialini közdan qoçirgan. Natijada, bu boradagi talabni boşqa kompaniyalar payqab qolgan.

Intel, şuningdek, mikrosxemalar işlab çiqarişda juda qimmat turadigan usuldan foydalangan. Natijada, kompaniya sun’iy intellekt uçun faol ravişda rivojlanib borayotgan çiplar bozorida yetakçilikni egallay olmagan. Hozirda uşbu sohada Nvidia yetakçi bölib, u dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi — uning bozor kapitalizatsiyasi 3,3 trillion dollardan oşadi.

Bundan taşqari Intelʼning asosiy biznesida ham muammolar bor — Amerika kompaniyasi TSMC’ga texnologik yetakçilikni boy berdi. Grafik kartalar bozoridagi örnini mustahkamlaşga bölgan uriniş amalga oşmadi. 2024 yil ikkinçi çorak yakunlariga köra, Intelʼning uşbu sohadagi uluşi 0 foizga baholangan. Bunda ham Nvidia birinçi örinda ketyapti — bozorning 88 foizi unga tegişli.

20 sentabr kuni The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, mobil telefonlar uçun çip işlab çiqaradigan Qualcomm kompaniyasi Intelʼni sotib olişga qiziqiş bildirayotgani haqida yozgandi. Manbalarning ta’kidlaşiça, hozirda bitim imzolanişiga ança bor, ammo bu amalga oşsa, sönggi yillarda sanoatdagi eng yirik va eng muhim voqealardan biriga aylanadi.

Uşbu ma’lumotni, şuningdek, The New York Times’ning manbasi ham tasdiqlagan. Naşrning qayd etişiça, hozirça Qualcomm bunday bitim amalga oşişi mumkinligini baholamoqda va Intelʼni xarid qiliş böyiça rasmiy taklif bildirmagan. Har ikkala kompaniya vakillari ham holatga izoh berişdan boş tortgan.