Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 54, 55 va 354-moddalariga vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga uçragan halol soliq tölovçilarga – xöjalik yurituvçi sub'yektlarga soliq ta'tillarini beriş tartibini belgilovçi özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Uşbu tasnifdagi soliq tölovçilar sirasiga oxirgi ikki yil içida soliq majburiyatlarini öz vaqtida va töliq bajarib ayni vaqtda vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan soliq tölovçilar kiradi.

Yangi kiritilgan özgartirişga köra, soliq ta'tillari tegişli qaror qabul qilingan kundan e'tiboran yigirma tört oygaça bölgan muddatga soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşni keçiktiriş va (yoki) bölib-bölib tölaş, soliq majburiyatlarini bajariş muddatlarini özgartiriş körinişida taqdim etiladi.

Bundan taşqari, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yöqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bölgan fuqarolarga - jismoniy şaxslarga bankrotlik qöllanişi belgilanib, bu borada Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga, Soliq kodeksining 62-moddasiga hamda «Bankrotlik töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 27ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.