Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev işdan olindi. Bu haqda bir neçta mustaqil axborot manbalari Kun.uz'ga xabar bermoqda.

Keyingi bir yildan oşiq vaqt davomida Sayxunobod tumani hokimi sifatida işlab kelgan Nosirjon Egamberdiyev 8 yanvar kuni işdan böşatilgan.

Endilikda uning örniga şu vaqtga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan işlab kelgan Botir Mirzaqulov tumanning yangi rahbari etib tayinlandi. Hozirça bu xabar rasman e'lon qilinmadi.

Öz navbatida Mirzaobod tumaniga Hamidulla Abdullayev yangi hokim böldi. U bungaça Sirdaryo viloyati prokuraturasining qişloq xöjaligi sohasida qonunçilikning ijro etilişi ustidan nazorat bölimi boşliği sifatida işlagan.

Eslatib ötamiz, Nosirjon Egamberdiyev avgust oyi oxirida tumandagi maktablar direktorlarini döpposlagani aks etgan video Kun.uz'da e'lon qilingandi. Şundan söng, Sirdaryo viloyati prokuraturasi Egamberdiyevning harakatlarini örganiş böyiça suriştiruv işlarini boşlagandi.

Video: Hokim maktab direktorlarini urdi

28 dekabr kuni Sayxunobod tuman prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tekşiriş natijasi böyiça Nosirjon Egamberdiyevning harakatlarida MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan haqorat qiliş, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr qimmatini qasddan kamsitiş va 183-moddasi nazarda tutilgan mayda bezorilik, ya'ni jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buziş huquqbuzarligi alomatlari mavjud bölganligi sababli, unga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatilgani ma'lum qilindi.

Maktab direktorlarini urgan hokim sud qilinadi

Şu bilan birgalikda, Egamberdiyev ham tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat etib, unda 28 avgust kuni tuman hokimligida bölib ötgan yiğilişda qöl ostidagi xodimlarni haqoratlab, «qöl tekkizganligi» holatini yaşirin ravişda video tasvirga olib, ommaviy axborot vositalariga çiqarib yuborib, uni obrösiga putur yetkazgan şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişni söragani aytildi.

Şundan söng, «hokimning harakatlarini yaşirinça tasvirga olib, tarqatgan» Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori Komiljon Rahmonovga nisbatan MJtKning 46-moddasi bilan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatilib, körib çiqiş uçun ma'muriy işlar böyiça Sayxunobod tuman sudiga yuborilgandi.