2017 yil natijalariga köra Venesuelada inflyatsiya 2616 foizga yetdi. Bunday ma'lumotni Venesuela muxolifati nazoratida bölgan milliy assambleyaning moliya qömitasi ma'lum qildi. 

“Dekabrda narx-navo 85 foizga oşdi, umumiy inflyatsiya esa 2616 foizga yetdi”, deb aytgan qömita a'zosi Rafael Gusman. Uning ta'kidlaşiça, Venesuela giperinflyatsiya kuzatilayotgan dunyodagi yagona davlat böldi. 

Qömitaning yana bir a'zosi Xose Gerraning prognoziga köra, 2018 yilda Venesuela giperinflyatsiya sur'atlari tezlaşişiga duç kelişi mumkin.

“Agar parlament çaqiriqlari e'tiborga olinmasa, 2018 yilda 14 ming foizlik giperinflyatsiyaga kelamiz. Biror narsa sotib oliş uçun resurslar bölmaydi, xalq esa 30 mln kişini boqiş uçun yetarliça mablaği bölmagan hukumatga boğliq böladi”, deb aytgan Gerra. 

Gerraning aytişiça, 2017 yil dekabrda narxlar 85 foizga oşgan va bu Lotin Amerikasining barça davlatlarida yiğilib qolgan umumiy inflyatsiyadan köproqdir. “Giperinflyatsiyaga hukumatni moliyalaştirişni davom ettiriş uçun Venesuela markaziy banki tomondan pullar bosilişi sabab böldi”, deb aytgan deputat.

2017 yilda prezident Nikolas Maduro boşçiligidagi hukumat 5 marta mamlakatdagi eng minimal iş haqini oşirgan. Joriy yil 1 yanvaridan u 177,5 ming bolivardan 248,5 ming bolivargaça oşirilgan. Davlat kursi böyiça 1 dollar 10 bolivar turadi, biroq qora bozorda dollar uçun 111 ming bolivar söralmoqda.

Oxirgi yillar davomida Venesuela jadal inflyatsiya va milliy valyuta qadrsizlanişi bilan keçayotgan ötkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boşdan keçirmoqda. Xalqaro valyuta jamğarmasida mamlakatda 2018 yilda narx-navo ösişi 2349 foizni taşkil qilişi taxmin qilinmoqda.