Ötgan 2017 yil jahon avtomobilsozligida ham sermahsul yillardan biri böldi. Albatta, 2018 yil ham undan kam bölmasligi aniq. Jaguar elektr krossoveri, yangi avlod LR Defender va ilk Rolls-Royce yöltanlamasi şular jumlasidan... Va albatta, bular boşlanişi, xolos! Motor.ru sayti 2018 yilda taqdim etilişi kutilayotgan avtomobillar bilan taniştiradi.
Audi Q8

Audi kompaniyasining yangi bayroqdor krossoveridan darak beruvçi namunalarni biz ötgan yilda 2 marta: yanvar hamda mart oyida kördik. Q8 Sport Concept kontsepti 450 ot kuçiga ega bölgan 6 silindrli benzinda harakatlanuvçi motor, elektr kuçaytirgiç va 48 voltli bort tizimiga ega edi. Seriyali işlab çiqariluvçi krossover Q7 yöltanlamasining yanada haşamatli va kuçliroq namunasi bölişi aytilmoqda.
BMW X7

Germaniyaning yana bir maşhur avtomobilsozlik kompaniyasi işlab çiqqan X7 iPerformance kontsepti 2017 yil sentabrida Jyeneva avtosalonida namoyiş etildi. BMW kompaniyasi dekabr oyi oxiridayoq Amerikaning Spartanberg şahridagi zavodida seriyaoldi maşinalarining yiğilişini namoyiş etdi. Şu narsa ma'lumki, X7 xDrive50i 4,4 l juft-turbo «sakkizlik» dvigatel bilan jihozlanadi. U 462 ot kuçiga tengdir. 5 hududli iqlim nazorati, obektlarni taniy oladigan tungi köriş tizimi, Xoffroad yöltanlamas töplami qulayliklardan ayrimlaridir. Seriyali avtomobil şu yil oxirida sotuvga çiqadi.
BMW 8 Series

8-seriyadagi yangi bayroqdor kupe darakçisi 2017 yil bahorida takil etilgan Concorso d’Eleganza Villa d’Este – nafislik festivalida namoyiş qilingan edi. Seriyali maşina yangi «yettilik» platformasida barpo etişadi. U şunçalik nafis va haşamatli bölişi kutilyaptiki, u segment talablarini yuqori poğonaga kötarişi aytilmoqda. 8 Series juda köplab töplamlariga ega böladi, xususan 850 va M8 şular jumlasidan. Unga M760Li xDrive avtomobiliga örnatilgan V12 motorini joylaş ehtimoli katta.




















