Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon Duşanbega rasmiy taşrif bilan borgan Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi prezidentining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi, deb xabar tarqatgan ÖzA.
Ötkazilgan hukumatlararo komissiyaning yiğilişida ikki mamlakat örtasidagi özaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi.
Bunday uçraşuvlarning ötkazilişi ikki döst va qardoş mamlakatlarning özaro munosabatlari yanada mustahkamlanişi yölida muhim omil bölayotgani ta'kidlandi.
Uçraşuv davomida savdo çeklovlarini bartaraf qiliş bilan boğliq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalaştiriş, tovarlarni taşiş uçun ta'riflarni kamaytiriş, ikki mamlakatni boğlab turuvçi mavjud yöllarni reabilitatsiya qiliş, davlat çegaralari bilan boğliq köplab masalalar böyiça kelişib olindi.
Tojikiston va Özbekiston uçun foydali bölgan suv va energetika masalasi, sanoat mahsulotlari körgazmalarini taşkil etiş, Özbekiston hamda Tojikiston madaniyat kunlarini taşkil etiş borasida qilingan va qilinayotgan işlar alohida e'tirof etildi.












