Ötgan haftaning şanba kuni Angliya klublari tarixidagi eng qimmat transfer rasman e'lon qilindi. Braziliyalik futbolçi Filippe Koutino «Barselona»da tibbiy körikdan ötdi va 400 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan 5 yillik şartnomaga imzo çekdi. 

Koutino «Liverpul»ning hujum çiziğidagi muhim zveno edi, endi Klopp kuçli törtlik uçun kuraşda uning örnini töldirişi kerak böladi. Xöş, qaysi futbolçilar «qizillar»ning joniga oro kirişi mumkin? 

ORZU: Kristian Pulişiç

Foto: Squawka

Pulişiç juda uzoq vaqtdan beri Yurgen Kloppning transfer orzularidan biri bölib kelgan. Kloppning özi uni 2015 yilda «Borussiya»ga olib kelgan va keyinçalik amerikalik futbolçi «Liverpul»da Koutinoga örinbosar bölişi haqida aytilib kelingan.

Dortmundning yoşlar jamoasidagi öyinlari orqali Pulişiç dunyoning eng qimmatbaho tinayjyerlaridan biriga aylandi. Hozir esa, unga butun bir mamlakat umid tikkan, deyilsa mubolağa bölmaydi. Pulişiç hozir atigi 19 yoşda, balki Klopp qisqaroq davr uçun boşqa nomzod topar, lekin futbolçining vaqt ötgan sari yanada ösib borişini e'tiborga olsak, uşbu transfer Koutinoni esdan çiqariş uçun ayni muddao bölardi.

Futbolçining eng kuçli jihatlaridan biri dribling hisoblanadi, uşbu mavsum Bundesligada Pulişiç eng köp muvafaqiyatli dribning (48) amalga oşirgan futbolçi bölib turibdi. Foiz hisobida bu 45 foizni taşkil etadi, bu ham juda yaxşi körsatkiç, şuningdek, juda köp holatlarda raqiblar unga nisbatan qöpolliklar işlatganliklarini ham alohida e'tiborga oliş kerak.

Pulişiç şeriklari uçun 16dan ortiq vaziyat yaratib berdi, uçta gol va 1 assist muallifiga aylandi. 

«Men heç qaçon «Liverpul»ga ötiş haqida jiddiy öylab körganim yöq edi. Men Kloppni juda hurmat qilaman, u bilan juda yaqin tanişman. U meni Dortmundda juda yaxşi qabul qildi va aynan «Borussiya» menga hamma narsani berdi», – deb izohlaydi Kristianning özi.

Aytiş kerakki, yozda Usmon Dembeleni «Barselona»ga qöyib yuborişga majbur bölgan dortmundliklar bir yil içida yana bir iqtidorli yoş futbolçisidan ayrilişni istamasalar kerak.

HAQIQATGA YaQINROQ: Toma Lemar