Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning ma'lum qilişiça, xalq öz noroziligini namoyişlar davomida bildirişi mumkin, biroq bunday çiqişlarni zöravonlik harakatlari bilan adaştiriş kerak emas.

Uning sözlariga köra, hodisalar tahlili bir nuqtada kesişgan, u şundan iboratki, xalqning samimiy va qonuniy talablarini turli zöravonlik harakatlaridan ajrata biliş lozim.

"Qaysidir inson huquqlardan mahrum etilsa va u norozilik bildirsa, yoki qayerdadir norozilar guruhi yiğilsa – bu 100 yoxud 500 kişi böladimi – bir masala. Ba'zilar bundan foydalanib, Qur'on, islomni haqorat qilsa, bayroqni toptasa, yonğinlar uyuştirsa – bu umuman boşqa narsa", - deya ma'lum qilgan Xomanaiy. 

Xomanaiy Kuma xalqi oldida çiqiş qilib, Eron atrofida sönggi namoyişlarni keltirib çiqargan davlatlar "uçburçagi" şakllanganini aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, bu "uçburçak" boşida "AQŞ va sionistlar" turibdi, ular şunday rejaga tuzganki, unga köra namoyişlar kiçik şaharlardan asta-sekin markazlarga köçişi lozim bölgan. Şuningdek u yerga, uning sözlariga köra, “Fors körfazining boy davlatlaridan biri” ham kiradi, u namoyişlarni moliyalaştirgan. Uçinçi element esa, Xomanaiyning bildirişiça, “malaylar” bölgan.

Eron oliy rahbarining ta'kidlaşiça, AQŞ va Buyuk Britaniyaning Eronga qarşi qaratilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi va kelajakda ham bu borada özgariş bölmaydi.

Eronning yirik şaharlari – Tehron, Maşhad, Isfaxon va Reştda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, namoyişlar davlatdagi içki muammolar tufayli, şuningdek boşqa mamlakatlar fitnasi bilan ötkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga köra, norozilik namoyişlari vaqtida kamida 20 kişi halok böldi. Tehronda sönggi uç kun içida taxminan 450 kişi qölga olindi.