Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegişli farmon bilan Markaziy bankning faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda hukumatdagi axborot manbasi tayanib Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yönalişlari sifatida narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanişi, tölov tizimi barqarorligi va rivojlanişi e'tirof etilgan.
Amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi.
Birinçidan, asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini oliş maqsadida inflyatsion targetlaşning prinsip va mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç tatbiq qiliş bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Uşbu usulga örta muddatli istiqbolda töliq ötiş va pul-kredit sohasida amalga oşirilayotgan siyosat va çoralarning şaffofligini oşiriş belgilangan.
Ikkinçidan, inflyatsiya omillarini çuqur örganiş va tölov balansini hisobga yuritiş va tahlil qiliş tizimini töliq şakllantiriş asosida pul-kredit siyosatini şakllantiriş kutilmoqda. Şuningdek, tölov balansini qabul qiliş va amalga oşiriş uslublarini takomillaştiriş maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirişga yöl oçib beriladi.
Uçinçidan, bank tizimini tartibga soliş va nazorat qiliş mexanizmlarini, şu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqiçlarda aniqlaş va ularni bartaraf etuvçi çoralar köriş imkonini beruvçi tijorat banklar tavakkalçiligini boşqariş va baholaş tizimini takomillaştiriş belgilanmoqda.
Törtinçidan, örta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror ösişini ta'minlovçi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantiriş, tijorat banklar va tadbirkorlik sub'yektlarining özaro töliq şeriklik munosabatlarini şakllantirişi aytilmoqda. Aholining bank tizimiga işonçli institutsional şerik sifatida işonçini mustahkamlaş uçun raqobat şaroitlari yaratiladi.
Beşinçidan, tölov tizimini yanada rivojlantiriş, şu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlari boşqariş va bank operatsiyalarini ötkaziş imkonini beruvçi masofadan bank xizmatlarini körsatgan holda tijorat banklarning samarali axborot almaşinuvi tizimi taşkil etiladi.












