Telegram messenjeri öz kriptovalyutasiga ega Telegram Open Network (TON) blokçeyn-platformasini işlab çiqmoqçi. Messenjerning white paper hujjatida şunday ma'lumot berilgan. Mazkur hujjat bugungi kunda sarmoyaçilar mablağlarini jalb qilişda maşhur jihoz hisoblangan ICO – kriptovalyutani dastlabki joylaştiriş kelajagini ta'riflaydi. "Vedomosti" hujjat nusxasi bilan tanişib, Telegram menejyerlari bilan taniş suhbatdoşi orqali uning asliga töğri ekaniga işonç hosil qildi.

Hozirgi blokçeyn-tarmoqlar (masalan, bitkoin va efirium tarmoqlari) Visa yoki Mastercard tölov infratuzilmasi örnini bosa olmaydi. Bu kriptovalyutali tranzaksiyalar haddan taşqari sekin rivojlanadi: bitkoinda - 7-soniyada, efiriumda - 15. Oddiy foydalanuvçilar bitkoin yoki şunga öxşaş texnologiyalar bilan işlaşni boşlaşga urinib, adaşib ketişlari mumkin, kriptovalyutalar bilan hisoblaşiş mumkin bölgan tovar va servislar bozori esa çeklangan. Şu bois kriptovalyutalarga asosiy talab iste'molçilardan emas,  sarmoyaçilardan kelib tuşadi, deya ma'lum qilinadi Telegram'da. 

Biroq Telegram öz blokçeyn-platformasini işlab çiqqandan keyin hammasi özgaradi, deya va'da bermoqda messenjer. Uni taqsimlangan superkompyuter va pul ötkazmalari tizimiga taqqoslaş mumkin. Yangi, markazlaşmagan iqtisodiyotda u  Visa va Mastercard bilan raqobatlaşişi mumkin, deyiladi hujjatda. Telegram jamoasi özining qulay interfeyslarni işlab çiqişga doir tajribasiga umid qiladi va bu millionlab foydalanuvçilarga kriptovalyutalarni qöllaş uçun intuitiv tuşunarli jihozni yaratiş imkonini beradi. Telegram ilovalari bilan integratsiyalaşgan TON hamyoni esa dunyodagi eng keng tarqalgan kriptohamyonga aylanadi, deyiladi messenjer hujjatida. 

Keng auditoriya (hozirda 150 million kişini taşkil qiladi, 2022 yilning yanvariga borib 1 milliardga yetişi kutilmoqda) tufayli yangi kriptovalyutadan butun dunyo böylab yuzlab million kişilar foydalanişni boşlaşadi.

Şuningdek kompaniya butun mavjud ekotizimni - kanallar, işlab çiqaruvçilar, tölovlar provayderlari va savdogarlarni TON kriptovalyutasiga bölgan talabni oşirişga rağbatlantiradi. "Kriptovalyuta yordamida tölaş mumkin bölgan tovar va xizmatlar bilan töla butun boşli iqtisodiyot paydo böladi", - deya işonç bildiradi Telegram. TON'ning içida Gram nomli tangalar muomalada böladi. Ular Telegram içki iqtisodiyotining asosiy valyutasi bölib xizmat qiladi. Biroq, har qanday kriptovalyuta kabi, boşqa foydalanuvçilar ham undan foydalaniş imkoniga ega bölişadi. 

ICO'ning dastlabki bosqiçida Telegram 500 million dollar jalb qilişni rejalaştirmoqda. Pullar tarmoqni rivojlantiriş, uskunalarni xarid qiliş va texnologiyalarni rivojlantiriş uçun kerak. Zero auditoriya oşgani sayin xarajatlar ham oşib boradi - 2021 yilga borib 220 million dollargaça.