Vazirlar Mahkamasi "2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida"gi qarorini taqdim etdi.

Qarorda 2018-2022 yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillaştiriş, yangi teatrlar binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaş, teatrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş çora-tadbirlari haqida söz boradi.

Hujjatga muvofiq, davlat teatrlarining işlab çiqiladigan yangi konsepsiyalari taşrif buyuruvçilar, xususan, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, sayyohlarga xizmat körsatişni rivojlantiriş, arxitektura-rejalaştiriş, dizayn va landşaft yeçimlariga e'tibor qaratgan holda har bir teatr binosi eskiz-loyihasini teatr yönalişi va mazmun-mohiyatidan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.

2019 yilning 1 dekabriga qadar Navoiy, Namangan va Toşkent viloyatlarida qöğirçoq teatrlarini taşkil qiliş va ularning faoliyati böyiça takliflar işlab çiqiladi.

Şuningdek, Madaniyat vazirligi uç oy muddatda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhni şakllantiradi hamda bugungi zamon talabi va xorijiy ilğor tajribalarni inobatga olib, har bir davlat teatrining individual konsepsiyasi işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

Dasturni moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • davlat teatrlari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlari böyiça - Özbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlaşgan mablağlar;
  • Özbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti mablağlari;
  • imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

2018 yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har bir davlat teatrida yurtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlarini tanannum etuvçi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an'analarni aks ettiruvçi, aholi, oila munosabatlari, ayniqsa yoşlarni vatanparvarlik, fidoyilik kabi ğoyalar asosida tarbiyalovçi badiiy yuksak sahna asarlari, davr bilan hamnafas yaşayotgan, hayot sinovlarida toblangan insonlar, ibrat böla oladigan zamon qahramoni obrazini ifodalovçi spektakllar qöyiş uçun davlat buyurtmasi beriladi.