9 yanvar kuni Milliy matbuot markazida "Özbekkonsert" davlat muassasasi tomonidan matbuot anjumani taşkil etildi. Tadbirda taşkilot vakillari, jurnalistlar bilan bir qatorda köplab san'atkorlar, jumladan, Ğulomjon Ahmedov, Ilhom Farmonov, Abduraşid Yöldoşev, Abduhoşim Ismoilov, Azim Mullaxonov, Maxmud Namozov va boşqalar ham iştirok etişdi. 

Anjumanda muassasa rahbari Odiljon Abduqahhorov 2017 yilda amalga oşirilgan işlar sarhisobi va yangi yilda qilinadigan loyihalar, rejalar haqida hisobot berdi. Bu haqda tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum bölişiça, 2017 yil yakunida "Özbekkonsert" 2605 nafar jismoniy şaxslarga, 23 nafar ijodiy jamoa-yuridik şaxslarga maxsus ruxsatnoma, litsenziyalar rasmiylaştirilgan. 

Şulardan, 824 nafari xonanda, 29 nafari söz ustasi, 174 boşlovçi, 284 sozanda, 287 nafar raqqosa va raqqoslar va boşqa san'at vakillarini taşkil etadi. 

Ötgan yilda konsertlarni taşkil etiş böyiça ekspert kommissiyasi 610ta konsert tadbirini ötkaziş uçun ruxsatnoma taqdim etgan. 28ta murojaat esa kamçiliklar mavjudligi, ssenariyning sayozligi  uçun bekor qilingan. 

2017 yil yakunida bir qator estrada xonandalarining litsenziyasi ularning arizasiga köra tugatildi hamda ayrimlari  ogohlantirildi. Ular orasida Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sohiblari Şahnoza Otaboyeva, Bunyodbek Saidov, Dilmurod Sultonov, Şarof Muqimov, xonandalar Xadiça Qurbonova, Şerali Bekmurodov, Aziza Niyozmetovaning litsenziyasi töxtatildi. Muassasa tomonidan Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Rayhon Ğaniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Şohjahon Jörayev, Şaxriyor Argonov, "Benom" guruhi a'zolari Komil Fozilov, Sarvar Azimovga ogohlantiriş berildi.