Sirdaryo viloyati Yangiyer şahri markazida joylaşgan “Dehqon bozori” buzilişi munosabati bilan öz dökonlaridan ajralib qolgan bir guruh tadbirkorlar KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilişdi. Ularning aytişlariça, şahar hokimligi davlat ehtiyoji uçun olib qöyilgan yer uçastkalari va yetkazilgan moddiy zarar uçun tovon puli tölamayotganlarini bildirişdi.
Tahririyat muxbiri vaziyatni xolis örganiş maqsadida Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahriga yöl oldi.

Avvalo, qayd etiş kerak, respublika böylab 2017-2019 yillar oraliğida barça yirik dehqon bozorlari hududida zamonaviy savdo majmualari quriş hamda bozorlarni rekonstruksiya qiliş işlari Prezidentning 2017 yil 27 martdagi PQ-2853-sonli qarori bilan amalga oşirilmoqda. Şu asosda viloyat va şahar hokimlarining tegişli qarorlari qabul qilingan.
Qarorda ta'kidlanişiça, dehqon bozorlarini ularning mamlakat iqtisodiyoti, aholi kundalik hayotidagi örni va ahamiyatini inobatga olib hamda xaridorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, savdoni taşkil etiş sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati körsatişning ilğor tajribasi va yuksak madaniyatini keng tarğib qiliş va izçil joriy etiş, mavjud dehqon bozorlarini şarqona va milliy me'morçilik an'analarini hisobga olgan holda zamonaviy savdo majmualari tarzida mukammal rekonstruksiya qiliş maqsad qilingan. Aslida bu qaror ijrosidan barça, xalq ham, tadbirkorlar ham birdek yutadi. Savol tuğiladi: Xöş, unda tadbirkorlar nimadan norozi?
Ularning ma'lum qilişlariça, tadbirkorlar bozor yoki savdo rastalari buzilişiga qarşi emas. Masala buzilgan dökonlar uçun yetkazilgan kompensatsiya pulini tölaş mahalliy hokimlik tomonidan paysalga solinayotgani hamda buziş çoğida zöravonliklarga, “salla deyilsa, kallani oliş” tamoyiliga rioya qilinganida. Ularning sözlariga köra, buziş işlari vaqtida içki işlar idoralari va prokuratura xodimlari döq-pöpisa qilişgan, zörlik işlatgan holda dökonlar buzilgan. Dökonlar buzilişidan avval, ogohlantiriş xatlari berilmagan. Endilikda, bozorning ikkinçi yarmidagi binolarni ham buziş böyiça oğzaki buyruq bilan çeklanişmoqda. Bundan taşqari, tadbirkorlar bozor hududida barpo etilayotgan ikkinçi supermarket binosini tasdiqlangan loyiha böyiça qurişni özlariga topşirilişini söraşmoqda.

Ularning sözlariga köra, tadbirkorlarning jiddiy taşviş çekişlariga ham asos bordek. Çunki ular dökonlari buzilişi munosabati bilan Moliya vazirligiga kelib özini Ubaydulla deb taniştirgan mulozimga murojaat qilişgan, u yaqin 20 yil mobaynida tadbirkorlar yoki jismoniy şaxslarning buziladigan köçmas mulklari uçun davlat byudjyetidan mablağ ajratişga imkon yöqligini aytgan.




















