Oq uy ma'muriyati xorijliklarni kuzatiş töğrisidagi (FISA) qonunning amal qiliş doirasini sezilarli qisqartiriş taklifiga qarşi çiqmoqda. Aslida qonun doirasini çeklaşdan közlangan maqsad bexosdan amerikaliklarni kuzatişga yöl qöymaslikdir. Mazkur masala böyiça Oq uy pozitsiyasini matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. 

11 yanvar kuni Kongress vakillar palatasi xorijliklarni kuzatiş böyiça amaldagi qonunning amal qiliş muddatini birmunça özgartirişlar bilan yana 6 yilga uzaytiriş borasida ovoz beradi. Mazkur hujjatga kiritilayotgan tuzatiş esa, Milliy xavfsizlik agentligi, FQB va boşqa maxsus xizmatlarga amerikaliklar özaro yöllagan qisqa xabarlarini öqişni taqiqlaydi. 

Mualliflarga köra, bu tuzatişlar bilan "amerikaliklarning qönğiroqlari, elektron maktublari va boşqa turdagi muloqotlarini yaşirinça kuzatiş amaliyotiga çek qöyiş"ni anglatadi. Senator Rend Pol rahbarligidagi qonunşunoslar guruhining fikriça, Amerika maxsus xizmatlari terrorizmda gumon qilinayotgan xorijliklarni kuzatiş bahonasida amerikaliklarning xabarlarini öqişga noqonuniy ravişda erişişlari mumkin. Bu esa, AQŞ konstitutsiyasiga kiritilgan törtinçi tuzatiş talablarini buzadi.