Şavkat Mirziyoyev endilikda qaysi hududga xizmat safariga boradigan bölsa, birinçi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanişadi. Bu haqda davlat rahbari Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida ma'lum qilgan.

«Barçangizning e'tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqçiman. Bundan buyon men qaysi hududga xizmat safariga boradigan bölsam, birinçi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanişaman. Ikkinçi kuni esa, şu hududdagi harbiy-ma'muriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama örganib çiqaman.

Yil davomida şunday tartibda iş olib boramiz. Hokimlar, okrug qömondonlari va boşqa tegişli mutasaddi rahbarlar buni albatta e'tiborga olişi lozim», - dedi prezident.

Ta'kidlaş joizki, harbiy-ma'muriy sektorlar mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, armiya va xalqning birligini ta'minlaş uçun yaratilgan. Ularning yordami bilan mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşda mahalliy hokimiyatlarning roli yanada faol va muhimroq böladi.