Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuçlar Akademiyasiga taşrif buyurdi.

Prezident 2017 yilning yanvar oyida Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtida bölib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuçlar Akademiyasini taşkil etiş böyiça tegişli körsatmalar bergan edi. Uning 2017 yil 25 apreldagi qarori bilan Qurolli Kuçlar Akademiyasi qayta taşkil qilindi. 

«Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta'lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. Öquv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, öquv va laboratoriya asbob-uskunalari hamda kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. 

Prezidentimiz Akademiyada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Öquv xonalari, oşxona, kursantlar yotoqxonalarida bölib, ularning ta'lim olişi, harbiy amaliyotlarni bajarişini közdan keçirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Davlat rahbari kursantlar bilan suhbatlaşgan. Ularni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 26 yilligi bilan tabriklagan, ajdodlarga munosib avlod bölib, harbiy, dunyoviy bilimlarni puxta egallaşi lozimligini ta'kidlagan.