UYeFA 2017 yilning eng yaxşi futbolçilardan iborat ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Tarkib 4-4-2 taktik çizmasi orqali tuzib çiqildi.
Taşkilot rasmiy sayti bergan ma'lumotga köra, ramziy terma jamoadan «Real»ning beş nafar a'zosi örin olgan bölsa, «Yuventus»ning 2 futbolçisi röyxatga kiritilgan. Şuningdek «Barselona», «Mançester Siti» (ilk marta) «PSJ» va «Çelsi»ning bir nafardan futbolçilari uşbu ramziy terma jamoani töldirişgan.
UYeFA tomonidan tanlab olingan 2017 yil terma jamoasi quyidagiça
Darvozabon: Janluiji Buffon («Yuventus»);
Himoyaçilar: Dani Alveş («PSJ»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi — «Real»);
Yarimhimoyaçilar: Toni Kroos, Luka Modriç (ikkalasi — «Real»), Eden Azar («Çelsi»), Kevin de Bryuyne («Mançester Siti»);
Hujumçilar: Kriştianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»).












