Italiya A Seriyasi bu hafta dam oladi, Bundesliga esa, qisqa tanaffusdan keyin navbatdagi tur öyinlariga start bermoqda.
Kubok öyinlarida maydonga tuşib, biroz «tin oliş»ga ham imkon topa olmayotgan Ispaniya va Angliya jamoalari ham ertadan yana çempionat öyinlarida maydonga tuşadi. Bizni kutib turgan dam oliş kunlarida e'tiborga molik öyinlari haqida heç qaçon dam olmaydigan «Tribuna.uz» hikoya qiladi.
BAYYeR – BAVARIYa (12 yanvardan 13 yanvarga ötar keçasi, 00:30)
Qisqa tanaffusdan söng, bugundan Bundesliga ham ikkinçi davra öyinlarini boşlaydi. Turnirning yaqqol peşqadami «Bavariya» eng yaqin ta'qibçisidan 11 oçko ilgarilab ketib bölgan bölsa-da, bugungi raqib ança prinsipial va öyin juda qiziqarli ötişiga şubha yöq.
Şuningdek, «Bavariya» «Bayyer» maydonida 4 öyindan beri ğalaba qozona olmayotgani, sönggi uç öyinda esa, umuman gol ura olmaganini e'tiborga olsak, öyinning şiddatli bölişini kutiş mumkin. Myunxenliklar öyinida tanaffusdan oldin biroz pasayiş kuzatilgan, jamoa oxirgi 4 ğalabasini minimal hisobda qölga kiritgandi. Ammo davralar orasidagi yiğinda sparring raqiblar darvozasiga ikki öyinda 7 gol urişdi. Balki Haynkes şogirdlari yana sermahsullik rejimiga qaytişgandir?
ÇeLSI – LeSTeR (13 yanvar, 20:00)
Sönggi ikki mavsumdagi APL çempionlari örtasidagi bahs köpçilikda qiziqiş uyğotsa kerak. Zero bu jamoalarning birinçi davradagi öyini ham juda murosasiz keçgan, mehmonlar 2:1 hisobida ustun kelgandi.
«Lester» noyabr oyini juda kuçli ötkazib, qatorasiga 4 öyinda ğalaba qozongandi, ammo keyingi öyinlarda pasayiş röy berdi va 5 öyindan atigi 1 öyinda ğalaba qozondi xolos. Albatta, bu pallada lesterliklarga «Mançester Yunayted» va «Liverpul» kabi klublarning raqib bölganini ham unutmaslik kerak.
«Çelsi» esa, sönggi ikki kubok öyinida bir xil 0:0 öynadi. Konte şogirdlarining çorşanba oqşomida Liga kubogi yarim finalida «Arsenal»ga qarşi öyin ötkazgani uşbu töqnaşuvda jamoa öyiniga salbiy ta'sir ötkazişi ehtimoli bor. Çunki raqibidan farqli ravişda «Lester» bir hafta dam oliş imkoniga ega böldi. Yil oxiridagi ziç taqvimdan söng bu tanaffus har qanday jamoaga katta yordam beradi.
Şuningdek, bu öyinda sobiq lesterçilar – Kante va Drinkuoter juftligi «Lester»ga qarşi qanday öyin körsatişlari ham qiziq.
ReAL – VILYaReAL (13 yanvar, 20:15)











