Öz mustaqilligini e'lon qilgan Kosovo respublikasi boş vaziri Ramuş Xaradinay va uning rafiqasi Anita Albaniya fuqarosi pasportini olişdi. Bu haqda Xaradinayning özi Facebook’da ma'lum qildi. 

“Alban davlatiga minnatdorman, Albaniya pasporti oliş juda ham faxrlidir”, deb yozgan Xaradinay.

Xaradinay Albaniyaga 11 yanvarda taşrif buyurgandi. lajmi.net portalining ma'lum qilişiça, Xaradinay Albaniya fuqaroligini olişga bundan 3 kun avval ariza topşirgan.

Biroq bu yangilik Kosovoning özida tanqidga uçradi, çunki öz mustaqilligini e'lon qilgan davlat viza rejimi borasida Albaniyadan köra kamroq imkoniyatlarga ega va Xaradinayning xorijiy safarlar uçun “qulay” bölgan pasportni olişi unga qolgan kosovoliklarga nisbatan köproq imtiyoz beradi.

Xaradinayga alban fuqaroligi Albaniyaning sobiq prezidenti Buyar Nişanining 2017 yil aprelidagi maxsus farmoni bilan berildi.

Kosovoning alban hukumati AQŞ va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari qöllab-quvvatlovi ostida 2008 yilda Serbiyadan mustaqilligini e'lon qilgan. Kosovo Serbiya, Rossiya va boşqa köplab davlatlar tomondan tan olinmaydi.