O‘tgan 2017 yil tibbiy va biotexnologik startaplar uchun juda omadli keldi. Komaniyalar yetarlicha  moliyalashtirildi va ularning aksariyati 1 milliard dollar ko‘rsatkichga erisha oldi. Business Insdider 2018 yilda soha rivojini belgilab beruvchi eng yirik 15 startap haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

 

15. Flatiron Health — 1,2 milliard dollar

Foto: Saskia Uppenkamp

Flatiron Health onkologik bemorlarning klinik ma'lumotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi — masalan, ularning qanday dori vositalarini qabul qilgani va qanday reaksiyalar kuzatilgani. Bu ma'lumotlar klinik tadqiqotlarni to‘ldirib, turli preparatlarning bemorlarga ta'sirini kuzatish imkonini beradi.

 

14. Clover Health — 1,2 milliard dollar

Foto: Clover Health

Venchur kapital bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi kompaniya tibbiy sug‘urtalar sotuvi bilan shug‘ullanadi. Clover Health ba'zi yuqori texnologik sug‘urtachilar singari yig‘ilgan ma'lumotlarni bemorlar ahvolini yaxshilash yo‘lida  foydalanmoqchi. Biroq ayni damda kompaniya moliyaviy maqsadlarga yetisha olmaganlik sabab og‘ir damlarni boshidan kechirmoqda.

 

13. Auris Surgical Robotics — 1,28 milliard dollar

Foto: Reuters

Jarrohlik robototexnika ishlab chiqaruvchisi davolashning eng kam invaziv usullarini ishlab chiqadi, ularning usuli faqatgina kasallik zarar yetkazgan hujayralarga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu yo‘l bilan kasallik rivojlanishining oldi olinadi. Bugungi kunda asosiy maqsad o‘pka saratoni hisoblanadi.

 

12. Ginkgo Bioworks — 1,3 milliard dollar