Amerikaning Amazon.com Inc. kompaniyasi ijroçi direktori Jyeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi AQŞdagi muhojirlarning kollejlarda tahsil oluvçi farzandlari uçun 33 mln miqdorida xayriya qildi. Bu haqda bepul ta'lim oliş böyiça grantlar taqdim etuvçi TheDream.us. saytida e'lon qilinmoqda. Uşbu mablağlar, Bezoslar oilasi vakilining sözlariga köra, ming talabaning öqişi bilan boğliq barça xarajatlarni qoplaşga yetadi.
Ta'kidlanişiça, uşbu xayriya 3,5 yil avval taşkil etilgan TheDream.US faoliyati davomidagi eng yirik mablağdir. Bu guruh AQŞning Deferred Action for Childhood Arrivals (DACA) dasturi böyiça yaşayotganlar va “orzu qiluvçilar”ga (muhojirlarning farzandlari Amerikada şunday ataladi) stipendiyalar beriş bilan şuğullanadi.
Bezoslar taqdim etgan mablağlar, TheDream.US saytining ma'lum qilişiça, 4 yil mobaynida sarflanadi va “orzu qiluvçilar”ning tahsiliga yönaltiriladi. Ayni vaqtda uşbu dastur böyiça 3 mingga yaqin talaba ta'lim oladi.
«Mening otam 16 yoşida «Piter Pen» amaliyoti doirasida Kubadan Amerikaga kelgan», — deya izoh bergan Bezos, öşanda uning otasi inglizça sözlaşni ham bilmasligini qayd etgan. «Delaver ştatidagi qator ajoyib taşkilotlar yordamida mening otam yetuk şaxs bölib yetişdi», — degan Amazon asosçisi.
Avval xabar berilganidek, Bezos 9 yanvar kuni dunyoning eng badavlat tadbirkori maqomini qölga kiritdi. Hozirda uning boyligi 105 mlrd dollardan köp. Ammo u şu vaqtgaça xayr-saxovat işlarida unçalik ham faol bölmagan. Ikkinçi eng boy hisoblanayotgan Microsoft asosçisi Bill Geyts, Bloomberg ma'lumotlariga köra, 93,3 mlrd dollarga egalik qilayotgan bölsa-da, u faoliyati davomida 33 mlrd dollarni turli maqsadlarda xayriya qilgan.












