Germaniyaning Bonn Universiteti olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqot şuni körsatmoqdaki, inson immun tizimi fastfudga xuddi bakterial infeksiyaga bölgani kabi reaksiya bildiradi. Hattoki soğlom ovqatlanişga ötiş ham yetkazilgan zararni töğirlay olmaydi.

Biologlar şundan boşlaşdiki, tajriba siçqonlarini töyintirilgan yoğlar, şakar va tuzlarga boy, biroq sabzavotlar, mevalar hamda biriktiruvçi töqimalar kam bölgan «ğarbiy» parhezga ötkazişdi. «Bu nosoğlom oziq siçqonlar qonida muayyan immun hujayralari, ayniqsa granulotsitlar va monotsitlar sonining kutilmagan tarzda köpayişiga olib keldi, - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Anet Krist. - Bu suyak iligidagi avvalgi immun hujayralariga zarar yetganidan darak beradi».

Olimlar buni bilib olgaç, şunday parhez nafaqat ötkir yalliğlaniş reaksiyasini rağbatlantirişi, balki avvalgi hujayralardagi ma'lum bir genlarni faollaştirişini aniqlaşdi. Bu hujayralar tana immunitet hujayralarining tarqalişiga mas'ul va – yaqinda topilgani kabi – öziga xos xotiraga egadir. Zarar yetganidan söng himoya mexanizmlari yuqori tayyorlik holatida böladi, şuning uçun ular yangi hujumga tezroq munosabat bildirişi mumkin.

Uşbu holatda esa immun tizimining dasturlaniş böyiça tabiiy jarayoni virus yoki bakteriya tufayli emas, balki ma'lum bir parhez sababli boşlangan. Hayvonlar qon hujayralarini yaqindan örganiş inflammasoma borligini körsatdi, u oqsil kompleksi bölib, infeksiyalarni aniqlaş va yalliğlaniş jarayonlarini faollaştiriş uçun javob beradi.

Bunday yalliğlaniş reaksiyasi odatda diabet, yurak kasalliklari va autoimmun xastaliklariga xos. Olimlar nosoğlom taomlar immun tizimi buzilişiga boğliq ekani haqida birinçi marta gapirayotganlari yöq, ammo uzoq muddatli ta'sirlarning dastlabki dalili ularda jiddiy xavotir keltirib çiqardi. Ğarb mamlakatlarida diabet bilan kasallangan oğir vaznli odamlar soni ortib borayotgani hisobga olinsa, fastfud soğliqqa juda jiddiy ziyon yetkazayotgani borasida dalillar köpayganini ham köriş mumkin, deb yozadi New Atlas.