AQŞ kinosan'ati akademiyasi 12 yanvarda “Oskar” mukofotiga da'vogar filmlar böyiça ovoz berişni yakunladi. Bu haqda tvitterda ma'lum qilindi.  

Barça yönalişlar böyiça da'vogar filmlar 23 yanvarda e'lon qilinadi. Ğoliblar uçun yakuniy ovoz beriş 20-27 fevral kunlari bölib ötadi, sovrindorlar nomlari “Oskar”ning yubiley – 90-taqdimotida e'lon qilinadi. Marosim 4 mart kuni Los-Anjyelesda bölib ötadi. 

Taşkilotçilar avval ma'lum qilgandek, yilning eng yaxşi filmi uçun kuraşiş huquqiga 341 ta töliq metrajli film ega. “Xorijiy tildagi eng yaxşi film” yönalişi böyiça 92 ta davlat filmlari nomzodlikka qabul qilingan. 

AQŞ kinosan'ati akademiyasi kino va unga yaqin kasblarda faoliyat yurituvçi 6 mingga yaqin ijodkorni birlaştiradi. Turli yönalişlar böyiça nomzodlarni akademiyaning tegişli bölimlari akademiklari tanlaydilar, “Yilning eng yaxşi filmi” uçun esa akademiyaning butun tarkibi ovoz beradi.