AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron ballistik raketalar yaratiş va ularni sinovdan ötkaziş işlari olib borayotgani uçun unga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişga çaqirdi.
“AQŞ qonunlarida yadroviy qurol va uzoq masofalarga uçuvçi raketalarni işlab çiqiş dasturlari ajralmas ekanini va Eron tomondan raketalar işlab çiqilişi va sinovdan ötkazilişi qat'iy sanksiyalar bilan jazolanişi kerakligini ilk bor qonunan mustahkamlab qöyiş lozim”, deb aytilgan Tramp bayonotida.
Tramp avvalroq Oq uy kongress bilan birga 2015 yil iyulda Eron bilan tuzilgan xalqaro kelişuvdagi jiddiy kamçiliklar ustida işlaşini e'lon qilgandi. Tramp kelişuvni yaxşilaşga sa'y-harakatlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, AQŞning undan çiqişini aytgan.
Eron va xalqaro vositaçilar oltiligi (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQŞ, Fransiya va Germaniya) 2015 yil 14 iyulda Eron atomining köp yillik muammosini tartibga soluvçi tarixiy kelişuvga kelganlar va qöşma harakatlar dasturi qabul qilingan. Bu dasturning bajarilişi Eronga qarşi BMT, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomondan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni bekor qiladi.












