23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruhimizda 2 turdan keyin paydo bo‘lib qolgan vaziyat ko‘pchilikni chalkashtirgani tabiiy. Guruh o‘yinlari natijasiga ko‘ra, pley-off yo‘llanmasi sohibi hatto sariq va qizil kartochkalar soniga qarab ham aniqlanishi mumkin.
Bunday holat agar, Xitoy Qatarni, biz esa, Ummonni bir xil - 1:0 hisobida yutsak, sodir bo‘ladi. Guruhdagi uch jamoa bir xil - 6 ochkoga ega bo‘ladi va guruh g‘oliblarini aniqlash uchun, avvalo, mana shu uch jamoa o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar natijasiga qaraladi. O‘z-o‘zidan Ummon bilan natijalar ayrilib tashalganda, qo‘yidagi holat yuzaga keladi.
Xitoy 2 1 0 1 1-1 3
O‘zbekiston 2 1 0 1 1-1 3
Qatar 2 1 0 1 1-1 3
Demak, o‘zaro o‘yinlar natijasi yordamida kuchlilarni aniqlashning imkoni bo‘lmadi. U holda reglamentga ko‘ra, guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati inobatga olinadi. Ummonni 3-0 hisobida yutgan Xitoy guruhdagi birinchi o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston va Qatarda esa, u taqqosdan keyin ham teng ko‘rsatkichga ega bo‘lib qolaveradilar.
Mana shu yerda, ko‘pchilikning chalg‘ituvchi bir jihat bor. Ba'zilar, Qatar o‘zaro o‘yinda O‘zbekistonni yengganini inobatga olib, bu holatda 2-o‘rin arablarga tegishini taxmin qilishi mumkin. Lekin unday emas.
Ochkolar teng bo‘lib qolganda, reglament bo‘yicha qo‘yidagi bandlar navbati bilan ishlaydi:
Ikki va undan ortiq jamoalar ochkosi teng bo‘lib qolganda,
- jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ochkolar
- o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati
- o‘zaro o‘yinlarda kiritilgan gollar soni
- yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yana ba'zi jamoalar teng bo‘lib qolsa, endi o‘sha tenglikni saqlab qolgan jamoalar ichida boshqatdan o‘zaro solishtirish amalga oshiriladi.
Tenglik yana saqlanib qolinsa,
- guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati

















