Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bağişlab, Oqsaroyda ilk bor körgazmalar zali öz faoliyatini boşlaydi. Bu haqida 12 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Hozirda Birinçi Prezident Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nişonlaş uçun qizğin tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Avval xabar berganimizdek, Birinçi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida körgazmalar zali, kutubxona va muzey işga tuşişi rejalaştirilgan. Körgazmalar zali Birinçi Prezidentning tavallud ayyomi arafasida joriy yilning 30 yanvar kuni iş boşlaydi. Körgazmalar zali 3 qismdan iborat: Katta zal, kiçik zal va oçiq zal.


Körgazmalar zali barça uçun öz eşiklarini oçadi. Mehmonlar ekspozitsiyalar orqali Islom Karimov siymosi gavdalantirilgan tasviriy san'at namunalari, turli asarlar bilan tanişiş imkoniga ega bölişadi. Şuningdek, Birinçi Prezident hayoti, iş faoliyati aks ettirilgan köplab fotosuratlar namoyişi ham namoyiş etiladi.


Şuningdek, Oqsaroy hududida maxsus boğ zonasi ham barpo etiladi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi vakillarining sözlariga köra, Birinçi Prezidentning boş qarorgohi hisoblangan Oqsaroy mustaqil Özbekiston asosçisi Islom Karimov hayoti va bosib ötgan yöllari bilan yanada yaqinroq tanişişga imkon beruvçi mukammal memorial maskanga aylanadi.











