Meksikaning Tamaulipas ştatida Diario de Nuevo Laredo naşri jurnalisti Karlos Dominges öldirib ketildi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi.

Qotillik sodir etilganida Dominges öz maşinasida qizi bilan birga bölgan. Keyingi vaqtlarda uşbu jurnalist naşrdagi kolonkasida siyosiy maqolalar e'lon qilgandi.

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda uşbu qotillik Domingesning kasbi bilan aloqadorligi tekşirilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, unga ölimi oldidan tahdid qilinmagan.

Bundan avvalroq Mexikoda El Universal naşri jurnalisti Xose Xerardo Martines öldirib ketilgani xabar qilingandi.

2017 yilda Meksikada 12 jurnalist halok bölgan. Meksikadagi jurnalistlar jamiyati ma'lumotlariga köra, 2000 yildan buyon 120 nafardan ortiq jurnalist öldirilgan, 20 nafardan ortiq jurnalist bedarak yöqolgan, OAV binolariga hujum qilinişi böyiça 50dan ortiq holat qayd etilgan.