«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Primeraning joriy mavsumida atigi 4ta gol urdi. 

AS hisob-kitobiga köra, portugaliyalik töpurar maydonda 1156 daqiqa ötkazgan va har bir gol uçun 289 daqiqa sarflagan. Bu esa uning «Real» tarkibidagi eng yomon natijasidir.

Avvalgi mavsumlarda Ronalduning 1 gol uçun sarflagan vaqti quyidagiça bölgan - 95 daqiqa (2009/10), 73 daqiqa (2010/11), 73 daqiqa (2011/12), 80 daqiqa (2012/13), 82 daqiqa (2013/14), 65 daqiqa (2014/15), 91 daqiqa (2015/16), 102 daqiqa (2016/17).

Biroq, Çempionlar Ligasida Ronalduning işlari joyida. U 6ta öyinda 9ta gol urgan yoki har bir gol uçun 60 daqiqa vaqt sarflagan.