Qirğizistonlik sotsial-demokratlar özlarining umumrespublika qurultoyini ötkaziş sanasini ma'qullaşmoqda. Bu haqda 24.kg partiya siyosiy kengaşi a'zosi, parlament deputati Marat Omonqulovga tayangan holda xabar berdi.
Uning sözlariga köra, qurultoy, dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, fevral oxirida bölib ötadi. Aniq sana hozirça aniqlanmadi, biroq tayyorgarlik olib borilyapti.
Kun tartibiga faqat bitta masala qöyiladi – mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni siyosiy taşkilot raisligiga ilgari suriş va saylaş.
Almazbek Atamboyev davlat rahbari lavozimida bölgan paytida jurnalistlarga siyosatda qolişi hamda partiyani yangilaş bilan şuğullanişi haqida ma'lum qilgandi. Sobiq prezident bölajak parlament saylovlarida Qirğiziston SDP partiya röyxatida boşçilik qilişini ham ta'kidlab ötgan.












