Döstlar, oiladagi munosabatlar va konvertatsiya masalasi. Şaxsiy şifokor Islom Karimovni esladi
|17:30 / 15.01.2018175 83012 min
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida ÖzA muxbiri prezidentning şaxsiy şifokori, Toşkent tibbiyot akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Respublika şoşilinç tibbiy yordam öquv markazi direktori Vyaçeslav Avakov bilan uyuştirilgan suhbatni taqdim etdi.
– Yigirma beş yil davomida Islom Karimovday buyuk insonning yonida işlaş baxtiga muyassar bölganimdan xursandman. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov bilan 1991 yilning oxiri 1992 yilning boşlaridan taniş bölganman. Öşanda soğliqni saqlaş vaziri tomonidan Prezidentning tibbiyot xizmatini taşkil etiş maqsadida jalb etilgan edim. U paytlar bu xizmat mavjud bölmagan. Hatto, Prezident şamollab qolganida ham atrofida unga qaraydigan mutaxassis yöq edi. Prezidentning bir daqiqa ham, bir soniya ham yonida tibbiyot xodimisiz bölmasligini ta'minlaşga harakat qilardim. Şunday xizmat taşkil etiş zarur ediki, kunu tun, uyda ham, işda ham, hatto yölda ham Prezident va oilasi, uning yonidagi xodimlarning salomatligini nazorat qiliş zarur edi. Şifokorlar Prezidentning rafiqasi Tatyana Akbarovna va boşqa oila a'zolari iştirokida tanlab olinardi. Biz ana şunday tibbiyot xizmatini taşkil etdik.
Albatta, Prezident tibbiyot xizmatiga köp hollarda uning özi emas, balki atrofdagilar murojaat qilardi. Çunki Islom Karimov juda baquvvat va soğlom inson edi.
Prezidentimiz öziga mas'uliyatni köp olardi, tinimsiz xorijiy safarlarda bölar va mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatga taniştirişga intilardi. Bu esa juda maşaqqatli iş bölib, Islom Abduğaniyeviç esa bu işni yanada murakkablaştirar edi. Masalan, qaysidir xorijiy davlatga taşrifga doir protokolda bu taşrif uç kunga möljallangan bölsa, Islom Karimov uni maksimal darajada qisqartirar, rasmiy uçraşuvlar orasidagi tanaffuslarni deyarli öçirib taşlar edi. U kişining dam olişi zarurligi haqidagi gaplarimizni keskin rad etardi.
U kişi özini ayamas edi. Çunki u paytlar davr murakkab edi. Mustaqil Özbekiston endi özini tiklayotgan, dunyo miqyosida tan olinişiga harakat qilayotgan davlat edi. Xalqaro jamoatçilik Afğoniston, Pokistonni bilişini, lekin Özbekiston haqida eşitmaganini aytişar, Prezident esa Özbekiston – mustaqil, katta salohiyatga ega davlatligini ta'kidlaşdan çarçamasdi. Tez-tez xorijga safar uyuştirardi.
Esimda, qaysidir yili adaşmasam Gollandiyaga borgan edik. Mahalliy tadbirkorlar bilan uçraşuvda Islom Karimov Özbekistonning iqtisodiy salohiyati haqida juda tölqinlanib gapirib, investorlarni jalb etişga harakat qildi. Uning nutqi barçada katta taassurot qoldirdi. Öşa payt bir tadbirkor kelib, “Siz bilan uçraşişdan oldin xaritadan Özbekistonni uzoq qidirdim, lekin topolmadim” deganda, Prezidentimiz “Özbekistonni xaritada topiş qiyin emas, çunki uning maydoni törtta-beşta Gollandiyaning maydoni bilan barobardir” deya hazil mutoyiba bilan oqilona javob qilgan edi. Bugun Özbekistonni dunyo taniydi. Bularning barçasida Islom Abduğaniyeviç Karimovning xizmati katta, deb bilaman.
Mavzuga oid
Foto: ÖzA
Ötgan yillar davomida Islom Karimovni kuzatib, şuni angladimki, u juda yuqori iş qobiliyatiga ega inson edi. Sutkasiga yigirma olti soat işlardi, desam mubolağa bölmaydi. Çunki u iş grafigini juda tiğiz qilib qöyar, hatto uni tibbiy körikdan ötkaziş uçun şu grafikka moslaşişga harakat qilardik. Yilda bir martagina çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazişga arang köndirardik. Axir qirqdan oşgandan keyin har bir inson yilda kamida bir yo ikki marta tibbiy körikdan ötişi zarur. Davlat rahbari esa inçunun.
Biz uni tuşunardik. Şu bois unga jismoniy yuklamalarni köpaytirişni boşladik. Prezident bilan katta tennis öynardik, yugurardik. Islom Karimov qisqa fursat içida tennis öynaşni şunçalar yaxşi özlaştirdiki, bir neça oyda barçamizni, hatto, sparring şerigini ham ortda qoldirdi. Keyinçalik yoş ötgan sari ham tennis öynaşni kanda qilmadi. Bu uning öz oldiga qöygan maqsadiga yetişiş uçun barça qiyinçiliklarni yengib ötişga qodirligidan dalolatdir.
Hayotimning yigirma beş yili davomida u kişi bilan yonma-yon yurdim. Uning uzoqni köra biliş qobiliyatiga har doim tan berganman. Ayniqsa, quriliş va bunyodkorlik borasidagi işlarga katta ahamiyat berardi. Bino qurilişida şamolning yönalişini, quyoşning tuşişini inobatga olardi. Xalqning farovonligini, yaxşi hayot keçirişini öylardi.
Har şanba Islom Abduğaniyeviç bilan körişib, Dörmondagi boğni sayr qilardik. Bu boğ qarovsiz yotgan öttiz ikki gektar yerda u kişining taşabbusi bilan taşkil etilgan edi. Bilasizmi, hozir şu boğ Toşkent şahrining tom ma'noda aytganda “öpka”si hisoblanadi. Ya'ni şahar havosining toza bölişida bu boğning ahamiyati katta.
U öziga va atrofdagilarga nisbatan öta talabçan edi. Masalan, qaysidir jismoniy yuklamani bajariş çoğida, yoki işdan taşqari oila davrasida ötirganda ham faqat iş haqida, xalq va davlat haqida qayğurardi. Biz uni çalğitişga harakat qilar, lekin barça urinişlarimiz deyarli zoye ketardi. U doim “Men işdan çalğiy olmayman!” deb ta'kidlardi. Islom Karimov borliği bilan özini işga bağişlagan inson edi. Işonasizmi, yigirma beş yil davomida biron joyga, ya'ni xorijdagi nomi çiqqan dam oliş maskanlariga borib hordiq çiqarganini eslay olmayman. Nari borsa, özimizdagi Qaynarsoyga borib, şanba va yakşanba kunlari ikki-uç kun dam olardi, xolos.
Tuğilgan kuni juda oddiy, faqat yaqinlarigina iştirokida ötardi. Ortiqça sarf-xarajatga, san'atkorlarning kelib xizmat qilişiga yöl qöymasdi. Yana bir jihatni tan oliş kerak: u kişi qançalik talabçan va qattiqqöl bölsa, şunçalik mehribon va samimiy edi. Bu bir-biriga qarama-qarşi xususiyatlar doim yonma-yon edi. Har qanday muammoni aniq va qat'iy hal qilardi. Oilasida ayoliga, bolalariga, nevaralariga ba'zan qattiqqöllik qilar, lekin köpinça mehribon edi. Islom Abduğaniyeviçning oila a'zolari bilan qanday munosabat qilişiga havasimiz kelar va u kişiday bölişga intilardik.
U döstlikni qadrlardi. Döst bölişga ahd qildimi, haqiqiy döst bölardi. Şaxmat öynayotgandami, hordiq çiqarayotgandami ba'zan bolalik, yoşlik xotiralarini eslaşni, öşa paytlardagi döstlari haqida gapirib berişni yaxşi körardi. Qaysidir bayramdami, biron bir sana bilan boğliq yiğindami Tatyana Akbarovna bilan birga Islom akaning bolalikdagi, yoşlikdagi döstlarini taklif qilardik. Islom Karimov bolaligi, yoşligi haqida maroq bilan gaplaşgan döstlaridan minnatdor bölar, aksinça, özining muammolarini aytib, u kişidan foydalanib qoliş payida bölganlar bilan esa aloqani uzardi. Çunki Islom Karimovning muammolari oldida u kişiniki dengizdan tomçiday edi. Şunday paytlarda men Islom akaga “Siz özingizni biz bilan soliştirmang. Axir siz bilan bizning oramizda osmon bilan yerçalik farq bor. Masalan, yomğir yoğsa men oddiy odam sifatida soyabon olib çiqiş haqida öylasam, siz esa odamlarning uyidan çakki ötmayaptimi, ekinlarga nima böladi, qiş sovuq kelsa, nima qilamiz, deb butun xalqni, mamlakatni öylaysiz” deb tasalli berardim. U kişi esa kulib qöya qolardi.
Islom Karimov biron narsa qilmoqçi bölsa, sidqidildan qilardi. Bir kuni Islom aka tösatdan: “Siznikiga mehmonga boramiz!” deb qoldi. Şoşib qoldim, darrov ayolimga qönğiroq qilib, tayyorgarlik körib turişini aytdim-da, özim yölga tuşdim. Uyga bordik, Islom aka, hamma joyni közdan keçirib çiqdi. Biroz gurung qilib ötirdi. Aslida kelişidan maqsad mening turmuş şaroitim bilan tanişiş, mening misolimda mamlakatda professorlar qanday hayot keçirayotganini biliş edi.
Ha, u Vatanini, xalqini çin yurakdan yaxşi körardi. Şunçalik yaxşi körardiki, qiyosi yöq edi. Masalan, bir yili Braziliyaga bordik. Mehmonxonaga joylaşdik. Islom Karimovning xonasining derazasidan okean, sohil, palmalar körinib turardi. Juda gözal manzara edi. Manzaraga qarab “Gözallikni qarang!” deb hayratimni bildirganimda, u kişi “Bizda bundan ham çiroyliroq joylar köp!” degandi. Bu sözlar uning qalbidan çiqqan samimiy sözlar edi.
Men çin ma'nodagi vatanparvarlikni Islom Karimovdan örgandim. U farzandlarimning ança yildan beri Amerikada yaşaşini bilar va doim “bir kunmas, bir kun sen ham ketasan” derdi. Men u kişiga “Nega ketar ekanman? Men şu yerda tuğilib ösdim, ta'lim oldim, iş topdim, oila qurdim. Men Vatanimga kerakman. U yoqda heç kimga kerak emasman” derdim. Bundan u kişi mamnun bölardi. Men va'damga sodiq qolişga harakat qilaman.
Sönggi ön yilda biz nafaqat Prezident va şifokor sifatida, balki döst, aka-uka sifatida muloqot qilardik. Ba'zan xalqning hayoti, yaşaş tarzi, ahvoli, kayfiyati haqida sörar, men u kişiga “Bir marta dökonlarimizni borib köring, hamma narsa bor. Şahar va qişloqlarimizni köring” derdim.
Bir safar “Islom Abduğaniyeviç, nega bizda konvertatsiya yöq? Axir boşqa davlatlarda bor-ku!” deb savol berdim. U şunday oddiy va aniq javob berdi-ki, lol qoldim. Öşanda “Bilasanmi, bir kun kelib konvertatsiya ham böladi. Hozir bizning iqtisodiyotimizda muammolar köp. Zavod-fabrikalar qurişimiz kerak. Uning uçun eng zamonaviy uskunalar kerak. Uskunalar esa çetdan valyutada keltiriladi. Agar konvertatsiyani yölga qöysak, biz valyutani maişiy, mayda-çuyda narsalarga işlatib yuboramiz. Biz valyutani zavod va fabrikalarga sarflaşimiz va iqtisodiyotimizni kötarib olişimiz kerak” degandi.
Islom Karimov oqilona va uzoqni öylab iş yuritadigan buyuk inson edi. Mamlakatimizni eng oğir damlarda ham oyoqqa turib olişida, iqtisodiyotimizning rivojlanişida, xalqning tinç-osoyişta va farovon hayot keçirişida Birinçi Prezidentimizning hissasi katta.
Yuqorida aytib ötganimday, u kişi baquvvat va soğlom edi, soğligidan şikoyat qilmasdi. 26 avgust kuni hammamiz Tatyana Akbarovnaning tuğilgan kunini nişonladik. Islom Abduğaniyeviç soat töqqizlarda işdan keldi, hammamiz bir oila a'zolaridek çiroyli dasturxon atrofida hazil-huzul qilib ötirdik. Islom akaning ham kayfiyati a'lo edi. Ertasiga esa u kişining soğligi keskin yomonlaşgani haqida eşitdik. Zudlik bilan yetib borib, Islom Abduğaniyeviçni şifoxonaga olib bordik. Mening xayolimda esa bir savol aylanaverardi: qanday qilib şunday soğlom odam birdan yiqilişi mumkin?!
Mening aka-ukalarim yöq edi, bittagina opam bor edi. Birinçi Prezidentimiz vafot etganlarida özimning tuğişgan akamni yöqotganday bölganman.
Mendan köpinça “baxtiyormisan?” deb söraşadi. Men “Albatta” deyman. Çunki Islom Karimovday buyuk insonning yonida ötgan yigirma beş yil men uçun katta hayotiy maktab böldi. Islom Karimovdan Vatanni, xalqni sevişni, yurtning, tabiatning gözalligidan bahra olişni örgandim.