Bolaligida hamma orzular osmonida uçib yuradi. Katta odam bölişni, maşina olişni, çiroyli uylarda yaşaşni orzu qiladi. Lekin heç kim jinoyat qilaman, deb orzu qilmasa kerak. Biroq hayotda yengil yölni tanlaş, turmuş qiyinçiliklariga doş bera olmaslik va boşqa sabablar ta'sirida ayrim kişilar jinoyatga moyil bölib qoladilar.

1973 yilda tuğilgan Sardor Eşimov (ism-familiyalar özgartirilgan) bolaligida ota-onadan yetim qolib, bolalar uyida katta bölgan. U birinçi marta sudning qora kursisiga ötirganida 17 yoşda edi. Oq-qorani ajratmaydigan, ğör ösmirning jinoyat köçasiga kirişi köpçilikni huşyor torttirdi. Öşanda unga uç yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi. Jazodan bir yildan söng, muddatidan oldin ozod qilindi. Ammo u öziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmadi. Yana ikki marta sudlandi. 2001 yilda amnistiya akti asosida jazodan ozod qilingan Sardor foydali iş qilmadi. Na oila qurdi, na biron kasb-hunarning etagidan tutdi. Akasining hisobiga yaşab keldi. Ustiga-ustak spirtli içimliklarga ruju qöydi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bu voqea sodir bölgan kunda ham Sardor mast edi. Öşa kuni tun payti qöşnisi D.Rajapov pul berib, aroq olib kelişni söradi. Sardor aroq va non olib keldi. Birga spirtli içimlik içib ötirişganida akasi M.Eşimov kelib qoldi.

-  Qaçongaça aroqqa boşingni yuvasan? Undan köra foydali iş bilan şuğullansang bölmaydimi? Nima uçun seni boqişim kerak? 

Akaning bu tanbehi ukaga malol keldi. Qölidagi piçoqni unga tiqib oldi. Qörqib ketgan D.Rajapov Sardorning qölidan piçoqni olmoqçi böldi. Biroq piçoq uning kökragiga qadalib, huşini yöqotdi.

Akasi va qöşnisining huşsiz yotganidan ularni ölgan, deb gumon qilgan Sardor bir muddat boşini uşlab ötirdi. Keyin qöşnilarnikiga çiqib, bölgan voqeani aytib berdi. Qöşnisi tez yordamga va içki işlar bölimiga qönğiroq qildi.

M.Eşimov şifokorlar kömagida öz salomatligini tikladi. D.Rajapov esa oğir jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi, gapiriş qobiliyatini yöqotdi.

Sud hukmi bilan S.Eşimov ön yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Inson jamiyatda yaşar ekan, atrofdagilar bilan hisoblaşişga örganişi lozim. Qöni-qöşni, mahalla-köy ham şu hududdagi har bir kişining xatti-harakatini kuzatib borişi, xatoga yöl qöygan qöşnini öz vaqtida tartibga çaqirişi kerak. Şundagina kuçli jamiyat şakllanadi. Bugun mamlakatda yoşlar tarbiyasi, ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Kelajak egalariga suyaklari qotişidan oldin tarbiya beriş lozim.