Era (Şotlandiya)lik juftlik Syuzanna va Xenri 50 yil birga yaşab, uç farzandni dunyoga keltirişdi. Taşqaridan qaraganda, bu baxtli turmuşdek körinardi, biroq 2016 yilning sentabrida röy bergan Xenrining ölimi uning ayoli va yaqinlari uçun yengillik böldi. 

Gap şundaki, Xenri muntazam ravişda Syuzannani kaltaklagan. Ayol öz e'tiqodidan kelib çiqib, barça azoblarga bardoş bergan. U buni Yaratgan tomonidan yöllangan sinov sifatida qabul qilib, oxirigaça çidaşga qaror qilgan. 

50 yil ötib Xenrining yuragi zaiflaşdi va u töşakka mixlanib qoldi. Syuzanna unga ğamxörlik qiliş barobarida barça xörlik va qiyinçiliklarga doş berdi. Biroq oxir-oqibat ayol çuqur depressiyaga tuşdi. 

Yolğizlik va öşa payt Xenridan deyarli barça tanişlari yuz ögirgani uni öz joniga qasd qilişga undadi. Uning bir urinişi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu vaqt esa Syuzannaning ahvoli yanada oğirlaşib borardi, u endi antidepressantlarsiz yaşay olmas edi. Oxir-oqibat uning sabr-bardoşi tugadi.

2016 yilning 3 sentabrida Xenri ayolidan bir tanişining raqamini terib berişni söradi. U telefonda tanişi bilan qöpol ohangda gaplaşayotganida Syuzannaning fiğoni falakka çiqdi. U erini köza bilan urib, yuzini jarohatladi. Xenri şikoyat qilişda davom etardi va ölgisi kelayotganini aytardi...

Syuzanna xonadan taşqariga çiqib ketadi, qaytganida esa — polda qonga belangan Xenrini köradi. Uning yonida böş dori qutisi turardi. Ayol Xenrini karavotga yotqizadi, u esa "Menga yordam ber!" deya qiçqirardi. Syuzanna gap şifoxonaga olib boriş haqida emasligini yaxşi tuşunib turardi...

Ayol köz yoşlari va qörquv bilan Xenrining yostiğini olib, uning tipirçilaşlari tingunga qadar böğişda davom etdi. Şundan keyin politsiyaga qönğiroq qildi va öz qilmişiga iqror böldi. 

Syuzanna Uilson. Foto: imgur

"Men faqat unga açinganimdan şunday qildim, bu qaçonlardir tugaşi kerak edi..."

                  Syuzanna Uilson

Syuzannaning himoyaçisi Oliy sudni bu voqeada jabrlanuvçi Xenri emas, uning turmuş örtoği ekaniga işontirişning uddasidan çiqdi. Oxir-oqibat ayol aybsiz deb topildi. Şunça yil azob çekkan keksa ayolni qöyib yuborişdan avval sudyaning şaxsan özi unga taqdir nasib qilgan qolgan umrni tinçlik-xotirjamlik va xursandçilikda yaşab ötişni tiladi.