14 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp kam rivojlangan davlatlar nomiga xaqoratli sözlar aytmaganini yana bir bor ta'kidlab ötdi va özini irqçi deb hisoblamasligini aytdi.
Tramp immigratsiya böyiça senatorlar bilan uçraşuvda kam rivojlangan davlatlarni “qalanği-qasanği” deb atagandan keyin mojaro kelib çiqqandi. Jumladan, u bunday davlatlar qatorida Haiti, Salvador va Afrikaning bir qator davlatlarini eslab ötgan. Trampning özi keyinroq bunday sözlarni qöllamaganini aytgan.
“Men irqçi emasman. Men siz intervyu olgan odamlardan eng irqçimas odamman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga va Oq uydagi yiğilişda kamsituvçi sözlar aytmaganini yana bir bor ta'kidlab ötgan.












