Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Hakam futbolchini avval chaldi va keyin uni maydondan chetlatdi
Fransiya chempionatining 20-turida «Nant» va «PSJ» (0:1) o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida mojaroli holat ro‘y berdi. O‘yinning 90-daqiqasida parijliklar qarshi hujumga chiqqan vaqtda «Nant» himoyachisi Diyego Karlos o‘z darvozasi tomon qaytayotganida tasodifan yo‘lidan chiqqan o‘yin hakami Toni Shapron bilan to‘qnashib ketdi va hakam gazonga yiqilib tushdi.
Referi esa bunga keskin munosabat bildirdi — o‘rnidan turayotib futbolchining oyog‘iga hamla qildi, keyin unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Bundan tashqari, Shapron «Nant» darvozasi tomon erkin zarba belgiladi.
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025