14 yanvar kuni keçki soat 20:40 lar atrofida Toşkent şahar Olmazor tumani «Maroqand» töyxonasi yaqinida röy bergan dahşatli yöl-transport hodisasi 2 ayolning umriga zomin böldi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.
1999 yilda tuğilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi, vaqtinça işsiz A.G. boşqa kişiga tegişli bölgan «Spark» avtomaşinasini boşqarib ketayotib, ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Buning oqibatida 1970 yilda tuğilgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvçi Z.R. hamda 1966 yilda tuğilgan, Köksaroy QFYda yaşovçi S.A. 2-Toşkent Tibbiyot akademiyasi şifoxonasiga olib borilgan. Şifokorlar jabrdiydalarni körikdan ötkazganlaridan söng, ularning vafot etganlarini aniqlaşgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan ÖzR JKning 266-moddasi 3-qismi bilan (Harakatlaniş xavfsizligi qoidalari yoki transport vositalarini ekspluatatsiya qiliş qoidalarini buziş, inson ölimiga olib kelsa) jinoiy iş qözğatilgan. Dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.











