Kuni keça respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridan taşrif buyurgan professor, tibbiyot fanlari doktori Vladislav Yevgeneviç Kuzavkov bilan hamkorlikda koxlear implantatsiya operatsiyalari böyiça mahorat darslari hamda çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar ötkazildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vladislav Kuzavkov nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda yetakçi otoxirurglardan hisoblanib, beş ming nafardan ortiq eşitişida muammosi bor bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini ötkazgan. Özbekistonga taşrifi davomida professor mamlakat mutaxassislari bilan hamkorlikda 7 nafar bemor bolada koxlear implantatsiya operatsiyalarini bajarib, 30 dan ortiq bemorlarni çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazdi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotlariga köra, dunyo aholisining 5,3 foizi eşitiş qobiliyatining pasayganligidan aziyat çekadi. Dunyo böyiça har 1000 nafar yangi tuğilgan çaqaloqdan biri eşitişi pastligi yoki mutlaq karlik bilan tuğiladi. Bu körsatkiç bir yoşga borganda 2-3 baravar ortadi. Eşitiş zaifligi irsiy, tuğma yoki orttirilgan bölişi mumkin. Afsuski, bunday bolalarda ikkilamçi nutq ham şakllanmay qoladi, ular jamiyatda özlarini ijtimoiy çegaralangan his qiladi. 

Ma'lumot uçun, koxlear implantatsiya operatsiyasi bolalardagi tuğma va orttirilgan eşitiş zaifligi xastaligini samarali davolaydi. Uşbu amaliyot Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham muvaffaqiyatli amalga oşirilib kelinmoqda. Bugungi kungaça markazda mahalliy mutaxassislar tomonidan 360 nafardan ortiq bolalarda byudjyet mablağlari hisobidan koxlear implantatsiya operatsiyalari muvaffaqiyatli  ötkazilgan bölsa, 70 nafardan ortiq bemorlar imtiyoz asosida, homiylar va ota-onalar hisobidan operatsiya qilindi. Implantatsiya qilingan bolalarni monitoring qiliş natijalari esa 90 foiz ijobiy. Ya'ni, ularning eşitiş qobiliyati tiklanib, gapira boşladi. 7 yoşga kirganlari esa umumta'lim maktablarida öz tengqurlari qatorida tahsil olişmoqda.

Aytib ötiş joiz, koxlear implantatsiya operatsiyalarining ijobiy natijasi amaliyotdan keyingi reabilitatsiyaga boğliq. Implantatsiya qilingan öğil-qizlarda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tadbirlari töğri ötkazilmas ekan, ularda eşitiş va nutq rivojlanişi, hayotga moslaşuv jarayoni sust boradi. Şu bois, Toşkent şahri va viloyatlardagi surdopedagoglar koxlear implantatsiya reabilitatsiya bosqiçlarini özlaştiriş böyiça tahsil olişdi va hozirda markaz bilan hamkorlikda faoliyat olib borişmoqda.   

2017 yilda markaz professorlari — F. Inoyatova, D. Ahmedova, Ş. Amonovlar ayni şu masala — “Oğir eşitiş zaifligi va karligi bölgan bolalarning reabilitatsiyasi (Özbek modeli)” amaliy tadqiqoti uçun Birinçi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.