Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvilining ma'lum qilişiça, sobiq davlat rahbari, mamlakatda sirtdan jazoga tortilgan Mixail Saakaşvilini afv etişni rejalaştirayotgani yöq.

- Men nega Saakaşvilini afv qilişim kerak? Prokuratura ayblovni qanday qöyiş, tergovni qanday olib borişni, sudya esa afv etiş haqidagi moddadan noqonuniy foydalaniş böyiça çegarani aniqlay olmayapti, - deya aytib ötdi Margvelaşvili "Rustavi 2" telekanali efirida.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, afv etiş – bu sud xatosini töğrilaş emas, balki boşqa odamga nisbatan açiniş akti hamda u Saakaşviliga nisbatan bunday holatni amalga oşira olmaydi.