O‘zbekiston | 17:15 / 17.01.2018
259134
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning davlat kotibi tillalar ortilgan samolyot ushlangan voqeani esladi

Foto: Reuters

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov O‘zA’ga bergan intervyusida tillalar ortilgan samolyot qo‘lga olingan voqeani esladi.

«Milliy valyuta masalasi nihoyatda muhim, uni zudlik bilan joriy etish kerak. Keyin Prezident kimningdir manfaatini emas, xalq manfaatini, davlat manfaatini o‘ylab ish qilyapti. Lekin, keyin ma'lum bo‘lishicha, qaysidir bir aeroportda samolyotimiz ushlangan. Tillalar hibsga olingan. Maxsus xalqaro komissiya barcha ishlarni tekshirgan. 

Tahlil qilib ko‘rilgach, bu tadbirda hech kimning qora niyati, shaxsiy manfaati yo‘qligi sababli va bu operatsiya endi mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqning manfaati va jahon xaritasida yangi paydo bo‘lgan yosh davlatning bir martalik tadbiri ekanligi kabi asl sabablari tushuntirilgach, muammo diplomatik va yuridik yo‘llar bilan hal qilindi...», - degan R.Rajabov.

Mavzuga oid