“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyaçisi Ronaldino (Ronaldo de Assiş Moreyra) öyinçilik faoliyatini rasman yakunladi. 

37 yoşli futbolçining bu qarori haqida uning akasi va agenti Roberto de Assiş ma'lum qildi. 

“Ronaldino faoliyatini yakunladi. Böldi, tamom. Ehtimol biz 2018 yilgi jahon çempionatidan keyin, avgustda nimadir kattaroq narsa öylarmiz. Braziliya, Yevropa va Osiyoda tadbirlar taşkillaştiramiz. Va albatta, Braziliya termasi bilan uçraşuv taşkillaştiramiz”, deb aytgan de Assiş.
 
Ronaldino 2015 yil sentabrda “Fluminense” tarkibida oxirgi marta rasmiy uçraşuvda maydonga tuşgan.

Maşhur futbolçi faoliyati davomida “Keretaro”, “Atletiko Mineyro”, “Flamengo”, “Milan”, “Barselona”, “PSJ” va “Gremio” klublarida ham töp surgan.

Ronaldino “Barselona” tarkibida Ispaniyaning 2 karra çempioni va Çempionlar ligasi ğolibi bölgan, “Milan” tarkibida Italiya çempioni unvonini qölga kiritgan. 

U 2002 yilda Braziliya terma jamoasi safida jahon çempioni, 2005 yilda Konfederatsiya kubogi, 1999 yilda Amerika kubogi sohibiga aylangan.