Futbol tarixida yana bir yirik transfer röy berişi haqida miş-mişlar bolalamoqda. Kriştianu Ronaldu «Real»dan, Neymar «PSJ»dan ketişni istayotgani haqidagi xabarlar fonida ikki grand jamoa uşbu futbolçilarni almaştirişi mumkin.
Parijdan köngil soviş
Ötgan yilning avgustida 222 million yevro evaziga «Barselona»dan «PSJ»ga ötib, transferlar rekordini heç kim yeta olmaydigan çöqqiga yetkazib qöygan Neymar yana Ispaniyaga qaytişni istayotgani haqidagi xabarlar noyabr oyidayoq paydo böldi. Kimdir Neymar Parijda zerikayotgani haqida gapirdi va OAV uning nomini «Real» bilan boğlay boşladi. Kavani bilan penalti borasidagi bahs olovga moy quydi (ikki lotin amerikalik futbolçi penaltini kim tepişini hal qila olişmagandi). Qöşimça maşğulotdan böyin tovlaganidan keyin Neymar va boş murabbiy Unai Emeri munosabatlari ham sovuqlaşdi, braziliyalik futbolçi jamoaning argentinalik legionerlari Di Mariya va Pastore bilan ham yaxşi munosabat örnata olmadi (Di Mariya sobiq madridista sifatida Neymar bilan oldindan yaxşi munosabatda bölmagan, Pastore esa Neymarga özining öyin raqamini berişga majbur bölgandi). Terma jamoa ixtiyorida ekanida undan Parijga qanday moslaşgani haqida söraşganida u yiğlab yuborgan, terma jamoa murabbiyi uni bazör ovutgandi. Bu voqealardan keyin Madriddan unga sovçilar bora boşlaşdi.
Neymar yana öz transferini sotib olişi mumkinmi?
Ispaniyadagi El Chiringuito naşri sensatsion xabarni e'lon qildi: emişki, futbolçining Parij klubi bilan şartnomasida belgilangan tovon puli miqdori u sotib olingan 222 million yevroga teng, futbolçining özi «Real» şu pulni tölab, uni olib ketişini istamoqda. Bu holda Neymarning özi yana bu pulni tölab, Madridga transfer qilinişini ta'minlaşi mumkin bölardi. Ammo bir neça kun ötib parijliklar klubi vakillari bu xabarlarni inkor qilib, «aldaş yaxşi emasligi»ni aytib çiqişdi.
Ronaldu bilan rokirovka
«Real» Neymarni olib ketişi murakkab iş. Marca Neymarning transferi «Qirollik klubi»ga 400 million yevroga tuşişi, şu tufayli «Real» 2019 yil yozigaça yirik transferlar amalga oşirmasligi haqida yozdi. Bir neça manba ikki klub prezidentlari Florentino Peres va Nosir Al-Xilayfiyning döstona munosabatlari tufayli jamoalar öz yetakçilarini oşirişi haqiqatga yaqin ekani haqida bong ura boşlaşdi.
Turgan gapki, ayni paytda Ronalduni Neymarga almaşiş varianti ustida Peres ikki marta öylab ötirmaydi. Birinçidan, Kriştianu Ronaldu bir oydan keyin 33 yoşga çiqadi (braziliyalik futbolçi esa hali 26 yoşda). Ikkinçidan, Neymar Madridda ham kosmik miqdorda maoş olişi kerak va Madriddagilar ikkita yulduzi uçun katta mablağni maoş sifatida tölaşni ma'qul körmagan bölardi. Poytaxtliklar klubi yoki Ronalduning ham maoşini Neymarniki bilan tenglaştirişi yoki undan qutulişi talab etiladi. Ikkinçi variant Peresni moliyaviy jihatdan töla qoniqtiradi. Uçinçidan, Ronalduning özi ketişni istamoqda, u hozir Parijga ötmasa, şartnoma muddati tugaganida, 2 yildan keyin u bu jamoaga kerak bölmay qoladi. Şu tufayli Madrid Neymarning transfer narxiga Ronalduni qöşib berişi haqida xabarlarda asos bor.












